date

Yasmiq tarkibidagi vitamin va minerallar haqida ma’lumot

Yasmiq tarkibidagi vitamin va minerallar haqida ma’lumot

Yasmiq qadim zamonlardan beri inson taomlarida muhim o‘rin egallab kelayotgan dukkakli o‘simlik hisoblanadi. Asosan Osiyo, Yaqin Sharq va Orta Yer dengizi mamlakatlarida keng yetishtirilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab ommalashgan.

Uning o‘ziga xos mazasi, tez pishishi va yuqori ozuqaviy qiymati tufayli ko‘pchilikning dasturxonidan joy olgan. Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydigan bu mahsulot ayni paytda ba’zi hollarda salbiy ta’sirlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun yasmiqning foydali va ehtiyotkorlik talab qiladigan jihatlarini bilish muhim.

Yasmiq tarkibi va ozuqaviy qiymati

Yasmiq eng avvalo o‘simlik oqsiliga boyligi bilan qadrlanadi. 100 gramm yasmiqda taxminan 25 grammgacha oqsil mavjud. Bu esa go‘sht iste’mol qilmaydigan yoki vegetarian turmush tarzini tanlaganlar uchun qimmatli protein manbai hisoblanadi.

Shuningdek, yasmiq tarkibida temir, kaliy, magniy, fosfor va B guruhi vitaminlari ko‘p. Ayniqsa, foliy kislotasi (B9) juda yuqori bo‘lib, qon hosil bo‘lishi va homilador ayollar salomatligida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yasmiqdagi tolalar (kletchatka) hazm jarayonini yengillashtiradi, ichak faoliyatini yaxshilaydi va qabziyatning oldini oladi. Shu bilan birga, uning tarkibidagi murakkab uglevodlar organizmga uzoq muddatli energiya manbasini beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yasmiq tarkibidagi vitamin va minerallar haqida ma’lumot