Laktoza intoleransi — organizmda laktoza moddasini parchalash uchun zarur bo‘lgan laktoza fermenti yetarli ishlab chiqilmaganida yuzaga keladi. Uning eng ko‘p tarqalgan shakli genetik asosli bo‘lib, yosh o‘tishi bilan ferment ishlab chiqarilishi kamayadi. Bu holat ayniqsa Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika aholisi orasida ko‘p uchraydi.
Ikkinchi turi — ikkilamchi intolerans hisoblanib, ichakning yallig‘lanishi, turli infeksiyalar yoki jarrohlik amaliyotlari natijasida paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda esa vaqtinchalik ko‘rinishda kuzatilishi mumkin, masalan, gripp yoki ichak kasalliklari paytida.
Laktoza intoleransining belgilari odatda sut yoki sut mahsulotlari iste’mol qilinganidan keyin 30 daqiqa ichida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar: qorin og‘rig‘i va spazmlar, shishish va gaz hosil bo‘lishi, ich ketishi yoki ayrim hollarda qabziyat. Shuningdek, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, charchoq, uyquchanlik, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq ham kuzatilishi mumkin.
Laktoza intoleransi oddiy holatdek tuyulsa-da, og‘iz va ichak salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois sut mahsulotlari iste’molida shaxsiy organizm xususiyatlarini hisobga olish muhim.
Sut mahsulotlari nega ba’zilarda noxush alomatlarga olib keladi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar