14:14 / 03.03.2017
13 176

Semizlik saratonga olib keluvchi sabablar ichida ikkinchi o‘rinda

Semizlik saratonga olib keluvchi sabablar ichida ikkinchi o‘rinda

Britaniyalik olimlar ortiqcha vazn saratonga chalinish xavfini oshirishini aniqlashdi deb yozmoqda Sof.uz​ nashri.

200 dan ziyod ilmiy tadqiqotlarni o‘rganib chiqqan olimlar semizlik tufayli 11 turdagi, jumladan, qizilo‘ngach, ichak, yo‘g‘on ichak, to‘g‘ri ichak, oshqozon, oshqozon osti bezi, buyrak, jigar, suyak iligi, bachadon va tuxumdon saratoniga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi degan xulosaga kelishgan.

Avvalroq e’lon qilingan hisobotda 2035 yilga qadar britaniyaliklarning to‘rtdan uch qismi ortiqcha vazn tufayli aziyat chekishi taxmin qilingan edi. «O‘ylashimcha, odamlar va shifokorlar semizlikka endi ko‘proq e’tibor qaratishlari lozim. Insonlar ortiqcha vazndan xalos bo‘lishlari nafaqat qandli diabet va qon-tomir kasalliklari xavfini, balki bir qancha saraton turlariga chalinish ehtimolini ham kamaytiradi», – tadqiqot mualliflaridan biri Mark Ganter.

Saratonshunos olim doktor Reychel Orrittning ta’kidlashicha, olimlar saratonning har xil turlariga chalingan kishilarning vaznlarini o‘rganib, semizlik va saratonga chalinish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashgan. Ma’lum bo‘lishicha, vaznning me’yordan 15 kilogarmmgacha ortiq bo‘lishi saratonning turli ko‘rinishlariga chalinish xavfini 9 foizdan 56 foizgacha orttirar ekan.

Olimlarning fikricha, semizlik o‘z asoratlariga ko‘ra saratonga olib keluvchi, ammo oldini olish mumkin bo‘lgan sabablar orasida tamaki chekishdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda Buyuk Britaniyada har uch kishidan ikki nafari semizlikdan aziyat chekmoqda. Insonlar ortiqcha vazndan qutilish uchun, birinchi navbatda, shakarli ichimliklar ichishdan voz kechishlari kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Semizlik saratonga olib keluvchi sabablar ichida ikkinchi o‘rinda