Amerikalik olimlar zararli ovqatlarga bo‘lgan xumorni qaytarishning yo‘lini topishdi. Yangi oziq-ovqat qo‘shimchasi va inulin-propionat moyi nafaqat xumorning oldini oladi, balki zararli taomlarni kichik porsiyalarda tanovul qilishga majburlaydi ham. Tadqiqot natijalari American Journal of Clinical Nutrition jurnalida e’lon qilingan, deb yozadi "Sof.uz" nashri.
Avvalroq inulinli oziq-ovqatlar eyish ichakda miyaga qoniqish signalini beruvchi propionatlar ishlab chiqarishga sabab bo‘lishi ma’lum qilingan edi. Inulin-propionat moyi propionat ishlab chiqarishni 2,5 baravarga oshiradi.
London imperiya kollejining professor Geri Frostom boshchiligidagi tadqiqotchilari 20 ko‘ngillidan iborat guruhda tadqiqot olib borishdi. Ularning bir qismiga yangi qo‘shimchalar bilan sutli kokteyl berishdi. Qolganlarga, nazorat guruhidagilarga esa oddiy inulin taqdim etishdi. Sinalayotganlarga kam va ko‘p kaloriyali (salat, baliq, shokolad, shirinliklar) eguliklarning surati ko‘rsatildi va ularning o‘shanda miya holatini MRT yordamida kuzatishdi. Propionat qabul qilganlar yuqori quvvatli eguliklar suratlariga qarashganda, ular miyasining harakat tizimiga javob beruvchi sohasida kam harakatlilik kuzatilgan.
Tadqiqotchilar keyingi bosqichda ko‘ngillilarga tomat sousini berib, istagancha eyishlarini taklif qilishdi. Inulin-propionata efiri ist’emol qilganlar, oddiy inulin eganlardan 10 foiz kam egulik iste’mol qilishdi.
Frostva va uning jamoasi ayni damda ushbu tadqiqlarni keng omma ichida yoyishga harakat qilish niyatidalar. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Isroilga qurol sotishni to‘xtatish AQSH Senatida ko‘rib chiqiladi
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi