Aytishlaricha, choy ichish nafaqat chanqoqni qondiradi, balki turli kasalliklarni engishda ham yordam berib, yurak-qon tomirlari hamda ichaklarni zaharli modda va infeksiyalardan tozalaydi. Ayrim choylar esa insonni quvvatlantiradi. Xalq tabobatida qadimdan har xil choylardan foydalanib kelingan. Quyida sizga ana shunday shifobaxsh choylardan ayrimlarini tavsiya etamiz, deb yozadi Hordiq.uz.
KIYIKO‘TLI ChOY ARTERIAL QON BOSIMINI TUShIRADI
Kiyiko‘tli choy xalq tabobatida qadimdan shifobaxsh choy sifatida qadrlangan. Uni tomoq og‘riganda, o‘pka va yurak xastaliklari bezovta qilganda, arterial qon bosimi ko‘tarilib, uyqusizlikdan qiynalganda va ko‘z xiralashganda ichish tavsiya etilgan. Bunday choy bo‘g‘imlarning og‘rig‘ini qoldirish, jigarni mustahkamlash va peshob haydash xususiyatlariga ham ega.
Kiyiko‘t qaynatmasi yoki choy qilib damlanganini ichish ko‘krak va o‘pkadagi quyilib qolgan moddalarni haydaydi, ishtahani ochadi, ko‘ngil aynishini to‘xtatadi va kayfiyatni ko‘taradi.
Kiyiko‘t choyi yoki qaynatmasi ichak faoliyatini yaxshilaydi va qabziyatdan xalos etadi. Kundalik ovqatlanish rasioniga kiyiko‘ti damlamasi kiritilsa, u buyrak va siydik qopidagi toshlarni maydalab tushiradi.
Kiyiko‘tli choyni tayyorlash uchun 0,5 litrli choynakka bir choy qoshiq quritilgan kiyiko‘t solib, bostirib qo‘ysangiz, kifoya. Unga yarim qoshiqcha ko‘k choy qo‘shsangiz, yanada xushxo‘r bo‘ladi.
LIMONO‘TLI ChOY AQLNI PEShLAYDI
Bunday choy yurak, miya va sezgi a’zolarini quvvatlantiradi. Bundan tashqari, limono‘tli choy aqlni peshlaydi, jigar va oshqozon faoliyatini yaxshilaydi. Limono‘t qorinda, buyrakda va boshqa ichki a’zolarda paydo bo‘ladigan sanchiqni qoldiradi. Ibn Sinoning «Tib qonunlari»da yozilishicha, limono‘t miya tiqilmalariga foyda qiladi, og‘izdagi badbo‘ylikni yo‘qotadi, yurakdagi bezovtalikni bartaraf etadi, oshqozonda hazm ishini yengillashtiradi va hiqichoqni to‘xtatadi. Limono‘tdan choy damlamoqchi bo‘lsangiz, uning 4 dona bargini sovuq suvda chayib, yarim litrli choynakka soling va ustidan 1 choy qoshiq qora choy qo‘shib, qaynagan suv quying. Limono‘tli choyni shu alfozda 5-10 daqiqa bostirib qo‘ysangiz, tobiga etgan shifobaxsh darmondoriga aylanadi.
DOLChINLI ChOY — YuRAK QUVVATI
Dolchin qishin-yozin ko‘m-ko‘k turadigan, tropik mamlakatlarda o‘suvchi dorivor daraxt. Tarkibida yuqori sifatli efir moyi bor. Xalq tabobatida dolchinli choy yurakni tetiklashtiruvchi, jigar tiqilmalarini ochuvchi dori sifatida qo‘llanilgan. Bu choy yordamida oshqozon va ichakda qotib qolgan taom qoldiqlari, quyuqlashgan yog‘ hamda zaharli moddalar tanadan chiqib ketadi. Dolchin tumovni bartaraf qiladi.
Buning uchun 0,5 litrli choynakka 0, 5 choy qoshiq dolchin, kichkina qoshiqda qora choy, 4 choy qoshiq shakar solib ustidan qaynoq suv quying va 5-7 daqiqaga bostirib qo‘ying.
ZANJABILLI ChOY XOTIRANI MUSTAHKAMLAYDI
Zanjabil ichni yumshatuvchi bo‘lib, qorin dam bo‘lishining oldini oladi. Bu choy xotirani mustahkamlaydi, hazm qilish ishini osonlashtiradi. Jigar va me’da sovuqligiga muvofiq keladi. Ho‘l mevalardan zaharlanganda ham koni foyda.
Buning uchun 0,5 litr sovuq suvga 10 gramm zanjabil kukunini solib, 5 daqiqa qaynating. So‘ng odatdagidek, qora choy damlab, barobar miqdorda olingan zanjabil qaynatmasi bilan qo‘shib, choynakka yana 4 dona oq qandmi, 2 osh qoshiq asal yoki bo‘lmasa yong‘oqdek ikki bo‘lak novvotmi solib, dasturxonga torting.
ZIRKLI ChOY ZAHARLI HAShAROT YoKI ILON ChAQQANGA ShIFO
Zirk tog‘larda o‘sadigan buta o‘simligining mevasidir. Mevasi mayiz kattaligida bo‘lib, rangi to‘q ko‘k yoki qora bo‘ladi. Zirk qo‘shilgan choy safroni haydash, chanqoqni qoldirish, jigarni baquvvat qilish, qon bosimini pasaytirish uchun qo‘llanilgan. U yurak xastaligida, zaharli ilon va chayon chaqqanda ham dori bo‘lgan.
0,5 litr suvga 1 osh qoshiq zirk solib, qopqog‘i jips yopilgan holda qaynatiladi va bekik holida 10-12 soat davomida sovitiladi. So‘ngra 0,5 litr qaynoq suvga 1 choy qoshiq qora choy damlab, zirk qaynatmasidan qo‘shib ichiladi. Zirkli qaynatma yaxna holida ichilsa, yanada foydaliroq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi