12:27 / 07.06.2017
9 755

OAV: Olimlar marhumlar miyasini tiklash ustidagi tajribalarga kirishmoqda

OAV: Olimlar marhumlar miyasini tiklash ustidagi tajribalarga kirishmoqda
Bioquark kompaniyasi o‘q hujayralar yordamida marhum insonlar miyasini tiklash ustidagi tajribalarga kirishishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib, «Hordiq.uz» xabar bermoqda.

Kompaniya bu yil o‘tkaziladigan tajribalar uchun 20 kishining jasadidan foydalanadi. Avvaliga ularga o‘q hujayralari in’eksiyasi yuboriladi. So‘ng olimlar maxsus oqsil aralashmasini to‘g‘ridan to‘g‘ri orqa miyaga yuboradi — bu yangi neyronlar o‘sishiga olib kelishi kerak.

Keyinchalik tadqiqotchilar 15 kun davomida lazer terapiyasi o‘tkazadi va bu tufayli neyronlar aloqa bog‘lashi lozim.
Olimlar bu vaqt mobaynida miyada nimalar ro‘y berayotganini kuzatib boradi va har qanday o‘zgarishlarni qayd etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » OAV: Olimlar marhumlar miyasini tiklash ustidagi tajribalarga kirishmoqda