28 322
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun taomnoma bo‘yicha dastur ishlab chiqildi
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokor-olimlari tomonidan 1-turdagi qandli diabetga chalingan insonlar uchun o‘z taomnomasidagi non birligini hisoblab boradigan dastur ishlab chiqildi. Bu xaqida Intellektual mulk agentligining axborot xizmati xabar bermoqda.
Dasturning qulayligi shundan iboratki, bemor o‘zining jinsi, yoshiga mos ravishda, birinchi va ikkinchi nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun maxsus tuzib chiqilgan taomnomadan o‘zi istagan taomni tanlashi va sog‘lig‘i uchun xavotir olmasdan bu taomni tayyorlab tanovvul qilishi mumkin. Tanlab olingan oziq-ovqatlar to‘plamidan non birligi hisoblab chiqariladi. Dasturning ma’lumotlar bazasiga asosiy shifobaxsh parhez menyusi, o‘zbek taomlari, unli mahsulotlar, sut mahsulotlari, mevalar, rezavorlar, sabzavotlar, quritilgan mevalar va yong‘oqlar, ichimliklar va sharbatlar, shirinliklar kiritilgan.
Dastur rus va o‘zbek tillarida, lotin alifbosida ham ishlaydi. Olingan ma’lumotlarni saqlash, chop etish mumkin. Dastur nafaqat qandli diabetga uchragan kishilar uchun, balki tibbiyotning endokrinolog, pediatr va terapevt shifokorlar faoliyatida ham juda qo‘l keladi.
Dastur mualliflari bo‘lmish G.Rahimova, S.Ismoilov, Z.Akbarov, A.Tashmanova, N.Alimova, H.G‘ulomova, A.Alieva, A.Sodiqova, A.Ryaboshtanlarga O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi guvohnomasi topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi