Yoz oyida organizm issiq havo tufayli ko‘p suyuqlik yo‘qotadi. Shu bois, bu mavsumda organizmga alohida e’tibor qaratish muhim.
Masalan, har soatda 20°Sdan yuqori bo‘lgan 100-200 ml suyaqlik ichish tavsiya etiladi. Ammo yurak-qon tomir tizimida muammosi bor, gipertoniyaga uchragan insonlarga ko‘p suv ichish taqiqlanadi.
Agar siz ko‘p suv ichishni unchalik xush ko‘rmasangiz, unda sizga suyuqligi ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni tavsiya etamiz.
Bodring - 96%;
Pomidor - 93%;
Selderey - 94 %;
Qovun – 91%;
Ismaloq – 92%;
Qulupnay – 90%;
Apelsin – 86%;
Papaya – 89%.
Shuningdek, yozda organizmga suyuqlik qanchalik kerak bo‘lsa, vitamin ham shunchalik zarur. Xususan, bu mavsumda S, RR, B1, V2, B6 kabi vitaminlar juda zarur. Sababi, bu vitaminlarning etishmasligi oqibatida avitaminoz, immunitetning tushishi singari holatlar yuz berishi mumkin. Lekin kimning ham yoz mavsumida betob bo‘lgisi keladi, shunday emasmi?
Yoz mavsumida ovqatlanish menyusiga ko‘proq sabzavotli, mevali salatlarni kiriting. Faqat bu salatlar mayonezdan xoli bo‘lgani ma’qul. Uning o‘rniga o‘simlik yog‘i, yogurtlarni qo‘shish maqsadga muvofiq.
Yozda bo‘tqalarni iste’mol qilishni yanada ko‘paytiring. Uning tarkibida oqsil, uglevod, foydali vitamin va fermentlar bo‘ladi. Shu bois, nonushta vaqtida uni tanovul qilishni unutmang.
Yoz – eng ajoyib fasllardan biri. Uni ko‘ngildagidek o‘tkazishni istasangiz, albatta, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya etishni kanda qilmang. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”