57 767
Shifokorlar fikricha, miyani «kuchaytiruvchi» 10 ta eng foydali mahsulot
Sog‘lom ovqatlanishning ham jismoniy, ham ruhiy foydalari juda ko‘p. Miya ham o‘pka, yurak va muskullarga o‘xshab, darmondorilarga ehtiyoj sezadi. Ammo shunday mahsulotlar, sabzavot va mevalar borki, ularning xotirani mustahkam tutish, miyani yaxshi ishlashi va salomatligi uchun foydasi juda katta.
1. Apelsin, qovun, bodom, yong‘oq kabi tarkibida E vitamini yuqori bo‘lgan mahsulotlar tanadagi qon aylanish tizimini yaxshilaydi. Qonning yaxshi aylanishi – miyaning yaxshi ishlashi demakdir. Apelsindagi S vitamini, karotin va V guruhidagi vitaminlar uyg‘unlashgan holda bo‘lib, gipotalamusda odamni stressdan himoya qiluvchi gormonlar ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Organizmda bu vitaminlar etarli bo‘lganda zarurat tug‘ilgan paytda organizmda noradrenalin – stress vaziyatlarda himoya reaksiyasini ishga tushiradigan va yaxshi kayfiyatni ta’minlaydigan modda ishlab chiqarila boshlaydi. Bunday vitaminlar etishmaganda esa noradrenalin o‘rniga ishonchsizlik va qo‘rquv gormoni – adrenalin sintezlanadi. Surunkali quvvatsizlikda bosh miya faoliyatini yaxshilash uchun yarim piyola apelsin va olma sharbatini aralashtirib, 1 choy qoshiqdan maydalangan yong‘oq va asal qo‘shiladi. Ertalab va kechqurun 2 osh qoshiqdan ichiladi.
2. Fasol va boshqa dukkakli ekinlar tarkibida mo‘l bo‘lgan sellyuloza – biriktiruvchi to‘qima qon tarkibidagi glyukoza va qand miqdorini me’yorida bo‘lishini ta’minlaydi. Glyukozani miyaning “yoqilg‘isi” deyish mumkin. U miyaning quvvat manbai sifatida juda foydali. Shifokorlar har kuni 1-2 qoshiq miqdoridagi loviya yoki fasol eyishni maslahat berishadi.
3. Brokolli tarkibida sellyuloza, kaliy, fosfor, kalsiy, temir, sink, magniy, oltingugurt, vitamin C, K va A moddalari bor. Bu vitaminlar miya faoliyatini, xususan xotirani yaxshilaydi, suyakni mustahkamlaydi. Brokkolini muntazam iste’mol qilish tanaga stressga qarshi kurashishga yordam beradi.
4. Qulupnay, chernika, olcha, malina, maymunjon va boshqa rezavor mevalar saraton kasalligining oldini oluvchi antioksidant moddalarga ega. Tadqiqotlar qulupnay bilan chernikaning xotirani yaxshilashini, malina, qulupnay, maymunjon va ertutining urug‘lari omega-3 kislotasiga boyligi ko‘rsatdi. Yangi uzilgan mevalarni salatlarga, sabzavotli taomlarga, myusliga qo‘shish yoki shunchaki iste’mol qilish mumkin.
5. Qora shokolad tarkibida charchoqni qoldiruvchi va kayfiyatni ko‘taruvchi moddalar mavjud. Qora shokolad tarkibidagi endorfin (baxt gormoni)ning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Bosh miyadagi xursandchilik markaziga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, organizm faolligini bir me’yorda ushlab turadi. Shokolad qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradi. Qora shokolad erkaklarda yurak infarkti yuzaga kelishini 17%ga qisqartiradi, ayollarni esa yosh ko‘rinishlarini ta’minlaydi. Tarkibida 60 foiz kakao bo‘lgan qora shokolad e’tiborni jamlashda eng ko‘p foyda berishi aniqlandi, biroq u qon bosimini oshiradi. Olimlar bu muammoni ko‘k choy orqali hal qilishni tavsiya qilishadi. Ko‘k choy tarkibidagi L-tianin aminokislotasi qon bosimini me’yorlashtiradi.
6. Yong‘oq tarkibida UC, B 1, B 2, PP vitaminlari, karotin, oshlovchi moddalar, xinonlar va efir moyi, biriktiruvchi to‘qimalar, temir va kobalt tuzlari hamda rux moddasi mavjud. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodot ham yong‘oq aqliy faoliyatga ijobiy ta’sir etadi, deb yozadi. Bundan tashqari, yong‘oqlar foliy kislotasi va kalsiyning manbai hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar kuniga 2 ta yong‘oq iste’mol qilinsa, xotira ancha yaxshilanadi. 4 ta yong‘oq iste’mol qilinsa, organizmni antioksidantlar bilan kuchlantiradi, immunitetni va hujayralar himoyasini yaxshilaydi.
7. Baliqda omega-3 yog‘ kislotalari hamda yarim to‘yinmagan yog‘ kislotalari ko‘p miqdorda bo‘lib, aynan o‘smirlar va go‘daklarning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yana baliq moyi tarkibidagi kalsiy, fosfor raxit va osteoporoz kasalligida koni foyda. Boston olimlari uzoq izlanishlardan so‘ng “baliq mahsulotlari miya faoliyatini yaxshilab, ko‘rish qobiliyatini oshiruvchi hamda yurak qon tomir kasalligini davolovchi xususiyatga egaligini isbotlashdi. Ayniqsa, o‘rta yoshli kishilar haftada bir marta bo‘lsa ham baliq iste’mol qilishlari lozim.
8. Qovoq urug‘ida bosh miyasi uchun foydali rux moddasi, A, S va E vitaminlari mavjud. Rux qonda to‘qima regenerasiyasi uchun mas’ul, insulin hosil bo‘lishini va mushaklar qisqarishini boshqaradi, prostata va ko‘payish a’zolari faoliyatini me’yorlashtiradi, erkaklik xususiyatini va qonning yallig‘lanishga qarshi xususiyatini oshiradi. Rux ta’m va hid sezgisi buzilishini tiklashda yordam beradi. Undagi sink – rux moddasi xotira mustahkamligi, to‘qimalarning o‘sishi va oqsillar sintezida muhim rol o‘ynaydi. Qovoq urug‘i miya va tanadagi zaharli toksinlarni bartaraf etib badanning ortiqcha vaznini kamaytiradi. Qovoq urug‘i sellyulozaga va to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, bular miya uchun foydali. Qovoq urug‘i miya uchun foydali bo‘lgan magniy moddasiga boy. Muntazam ravishda qovoq urug‘ini iste’mol qiling.
9. Pomidor — bioaktiv moddalarning yig‘indisi hisoblanadi. Uning tarkibida tabiiy shakarning barcha turlari, organik kislotalar — limon, olma, V1, V2, V3, K, R, V6, S vitaminlari, karotin va yana boshqa ko‘pgina foydali ozuqalar bor. Pomidor kuchli antioksidant sanalgan likopenga ega bo‘lib, iste’mol qilinganida miya qon tomirlarini kislorod bilan ta’minlaydi. Evropalik olimlarning tadqiqoti esa pomidor tomirlarda qon ivib qolishi (tromb)ning oldini olishini isbotlashgan.
10. Guruch tarkibida organizm uchun oziq bo‘ladigan moddalar — karotin, vitamin-RR, tiamin, minerallar, foli kislotasi, sellyuloza, organizm uchun kerakli bo‘lgan yangi hujayralar, aminakislotalar mavjud. Ular asosan qon aylanish tizimini yaxshilaydi. Qon aylanish tizimi yaxshi bo‘lgan tanada miya faoliyati ham joyida bo‘ladi. Oq guruch o‘zining shifobaxshligi bilan ajralib tursa-da, jigar rang guruch undan qolishmaydi. Chunki parhezbop taomlarga, asosan, jigar rang guruch ishlatiladi.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi