19:05 / 09.10.2017
7 291

O‘tirib ishlashning zararini qanday kamaytirish mumkin?

O‘tirib ishlashning zararini qanday kamaytirish mumkin?
Odatda hamma maslahatlar qanday qilib kamroq o‘tirish va ko‘proq harakat qilish mavzusiga bag‘ishlanadi. Lekin biz qanday va nimaning ustida o‘tirib ishlashimiz ham juda muhimdir.

Kompyuter yonida uzoq o‘tirish natijasida paydo bo‘ladigan asosiy muammolarning biri — bu gipodinamiya emas, balki gavdaning bukchaygan holati hisoblanadi.

Nima uchun biz bukchayib qolamiz?

O‘tirg‘ichi yotiq bo‘lgan har qanday stul tananing fiziologik holatni qabul qilishiga to‘sqinlik qiladi. Stulning yotiq yuzasida joylashgan sonlarning uzatilgan holati sababli tos suyagida aylanish lahzasi yuzaga keladi. Tos suyagi orqaga chekinishga harakat qiladi, bel bukiladi va biz bukchayib qolamiz.

Belning bukilishi natijasida umurtqa pog‘onalariga bo‘lgan og‘irlik 10-11 marta oshadi. Osteoxondroz, protruziya va dabbalar paydo bo‘ladi.

Fiziologik o‘tirg‘ichlar

O‘tgan asrning 70 yillarida Yevropada shifokorlar bolalar nima uchun stulda tebranib o‘tiradi degan savolning ustida bosh qotira boshladilar. Ma’lum bo‘lishicha, o‘tirg‘ich engashganda ularning tos suyagi va umurtqasi tabiiy holatni egallaydi.

Shundan keyin egiluvchan o‘tirg‘ichli stullarni ishlab chiqarish boshlandi. Odam sirg‘anib tushib ketmasligi uchun, ularning tuzilishiga tizzali tirgak qo‘shildi va «tizzali stul» (kneeling chairs) degan nom oldi. Bunday stullarni ortopedik stullar deb ham aytishadi: ular o‘tirib ishlash natijasida orqasida jiddiy og‘riqlar paydo bo‘lganlar uchun juda mos keladi.

Albatta, hech qanday stul sog‘liqni kafolatlay olmaydi. Lekin natijaga erishish uchun o‘z hayotiga foydali choralar, masalan jismoniy mashqlarni qo‘shishdan tashqari asosiy zararli omillarni bartaraf qilish ham juda muhim. Masalan, har kuni bizning organizmimiz zaxiralarini bilintirmasdan o‘g‘irlaydigan oddiy stullarni almashtirish.

Manba: «Daryo.uz»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » O‘tirib ishlashning zararini qanday kamaytirish mumkin?