12:22 / 20.12.2017
22 276

Mandarinning shifobaxsh xususiyatlari

Mandarinning shifobaxsh xususiyatlari
Mandarin ko’pchilik uchun sevimli meva turlaridan biri. Ushbu meva salomatlik uchun ham foydali bo’lib, o’z tarkibida karotin, askorbin kislotasi, S, B6 vitaminlari, kalsiy, magniy, temir, ruh, kaliy, fosfor kabi moddalarni saqlaydi. Bundan tashqari, 100 gr mandarin bor-yo’g’i 53 kilokaloriyaga ega.

Shunindek, mandarin mevasi:

*Immunitetni mustahkamlaydi va onkologik kasalliklarni oldini oladi. Mandarin sharbatini iste’mol qilish esa jigar saratoni xavfini kamaytiradi.

*Bo’g’imlarni xolesterindan halos etadi. Shuni unutmaslik kerakki, mandarinni bo’laklagan paytda olib tashlanadigan oq rangli membranasi bilan birga qo’shib yeyish lozim.

*Qondagi glyuzoka miqdorini kamaytiradi.

*Ko’rish qobiliyatini yaxshilaydi.

*Tarkibida temir bo’lgani sabab qon tarkibini yaxshilash uchun ko’mak beradi.

*Semirib ketishning oldini oladi.

*Mandarin tarkibidagi magniy va B6 vitamini asablarni tinchlantiradi va tushkunlik holatidan saqlaydi.

*Ushbu sitrus meva tish va suyaklarni mustahkamlash xususiyatiga ham ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Mandarinning shifobaxsh xususiyatlari