O‘ttiz yoshdan oshgan erkaklarning asosiy muammosi hisoblanmish prostata bezi haqida ma’lumotlar bilan to‘liq tanishing.
Prostata bezi nima degani?
Prostata bezi – mushakli bez a’zosi bo‘lib, qovuq pufagi ostida joylashgan va unga tirmashib turadi.
Prostata bezining vazifalari:
Bu bez shaffof suyuqlik ajratib chiqaradi. Bu suyuqlik ajralib chiqib eyakulyatsiya (shahvat chiqishi) jarayonida maniyga aralashadi va undagi spermatozoidning harakatlanishi va hayotchanligiga sharoit yaratadi. Chunki prostata suyuqligida maniyni suyuqlashtiruvchi fibrinolizin va fibrogeneza fermentlari mavjud.
Undan tashqari, prostata bezi urug‘ hujayralarning hosil bo‘lishiga turtki berib, jinsiy gormonlarni ishlab chiqaruvchi moyak faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Prostata ishlab chiqaradigan suyuqlik asab-mushak tarmog‘i, ruhiy faoliyatni rag‘batlantiradi, jinsiy ehtiyojni qo‘zg‘atadi, ereksiya va eyakulyatsiyaga hamkorlik qiladi.
Prostata bezi faoliyati qachon namoyon bo‘ladi?
Balog‘at yoshidan boshlab keksalikka qadar. Keksalikda jinsiy bezlar faoliyati susayganda prostata bezining faoliyati ham pasayadi.
Prostata bezi faoliyati buzulishiga nima sabab bo‘ladi:
- Prostata bezi faoliyatining tug‘ma muammolari;
- Yoshning 50 dan oshishi;
- Uzoq vaqt davomida jinsiy yaqinlikdan tiyilish;
- Surunkali qabziyat;
- Kam harakatli turmush tarzi;
- Betartib ovqatlanish;
- Betartib jinsiy aloqada bo‘lish;
- Spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish.
Prostatit kasalligi nima?
Prostata bezining yallig‘lanishidan kelib chiqqan kasallik. Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 73-90% erkak aynan shu kasallikdan aziyat chekadi. Prostatitga nima sabab bo‘ladi? Siydik pufagi, siydik yo‘li, to‘g‘ri ichak, qon tomirlari, kichik tosning limfa tomirlari orqali prostata beziga infeksiya tushib yallig‘lanishga sabab bo‘ladi.
Prostatit alomatlari:
- Prostata bezining yallig‘lanishi alomatlari o‘tkir shamollash kasallik alomatlari singari bo‘lishi mumkin. Bunda tana harorati 38-39 darajagacha ko‘tariladi; Hojat chiqarish davomida anusda qattiq og‘riq bo‘ladi;
- Tez-tez siydik qistab, lekin siydik tomchilaydi, xolos;
- Siyish og‘riq bilan bo‘ladi;
- Qovuq bo‘shlig‘i atrofida og‘riqlar bo‘ladi. Lekin ko‘p hollarda kasallik surunkali kechadi va bu haqida erkak bilmay yurishi ham mumkin.
Prostatit nimaga ta’sir qiladi?
Prostatit tufayli prostata bezi ishlab chiqargan suyuqlik qonga so‘rilmagani uchun erkakda ereksiya funksiyasi buziladi. Prostatit oqibati qanday? Agar bemor vaqtida shifokorga murojaat etmasa, keyinchalik bezda yiring paydo bo‘lishi mumkin. Kasallikning surunkali holati yillar mobaynida erkak tanasida yashirin kechib o‘zini sezdirmaydi, lekin uning oqabatida sistit (qovuqning yallig‘lanishi), piyelonefrit (buyrak yallig‘lanishi), vezikulit (urug‘ pufakchalarining yallig‘lanishi), epidimoorxit (moyaklar yallig‘lanishi) kasalliklari rivojlanishi mumkin. Bu kasalliklar esa erkakda bepushtlikni yuzaga keltirishi mumkin.
Prostatitni davolash
Davolashdan oldin quyidagi tekshiruvlar o‘tkaziladi:
- Kompyuter orqali skaner;
- Uch tomonlama ultratovushli tashxis;
- Immunoferment muolajasi.
So‘nggi paytlarda prostatitni davolashda vakumli transuretalli aspiratsiya usuli qo‘llaniladi. Uning ichiga transuretallik gipertermiya, radioto‘lqinli terapiya, biorezonansli terapiya kiradi.
Prostatitni davolashning eng zamonaviy usullari bilan tanishing
Prostatitni oldini olish:
- Har kuni kamida 1 soat jismoniy mashg‘ulotlar bajarish;
- Ko‘p harakat qilish; Sog‘lom turmush tarzida yashash;
- Pala-partish jinsiy aloqalardan voz kechish;
- Ortiqcha muzlashdan o‘zini asrash;
- Qabziyatning oldini olish;
- Rux (sink) moddasiga boy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish;
- Muntazam ravishda jinsiy aloqada bo‘lish;
- Yoshi 30 dan oshgan bo‘lsa, yilda 1 marta urolog, androlog ko‘rigidan o‘tish.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas