23:38 / 25.01.2018
8 463

Olimlar eng yaxshi tabiiy antidepressantni aniqladilar

Олимлар энг яхши табиий антидепрессантни аниқладилар
Endilikda tushkunlik holatidan qutulish uchun birozgina ziravor sotib olish yetarli.

Kaliforniya universiteti olimlari inson kayfiyatini ko’tarish, qonni suyultirish va qon bosimini tushirish sifatlariga ega mahsulot nomini e’lon qildilar.

O’tkazilgan ko’p sonli tadqiqotlar natijasida ziravorlar takribidagi kurkuminni muntazam ravishda iste’mol qilish hotira va miya faoliyatini yaxshilashga yordam berishi ma’lum bo’ldi.

Shuningdek tadqiqotlar davomida kurkuminning yallig’lanishga qarshi va akntioksidantlik xususiyatlari ham bor ekanligi, Altsgeymer kasalligi rivojlanishini to’xtata olishi ham aniqlangan.

Taomga kurkumin solib iste’mol qilish inson miyasining hotira, taassurot va his-tuyg’u uchun javob beruvchi qismlari faolligini oshiradi. Bundan tashqari kurkumin ish va hayot tarzi muntazam stresslar bilan bog’liq insonlar uchun haqiqiy antidepressant o’rnini bosa olishi qayd etilmoqda.

Biroq, tanganing ikkinchi tomoni ham bo’lganidek, hamma insonlar ham kurkuminni birvarakayiga iste’mol qila olmaydilar. Ba’zan kurkumin iste’mol qilgan insonlarning qorin sohasiga og’riq va ko’ngil aynishi holati kuzatiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar eng yaxshi tabiiy antidepressantni aniqladilar