
O‘zbekistonda shifokorning kasbiy xatosini aniqlashning ta’sirchan tizimi joriy etiladi. Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berilishicha, davlat dasturiga asosan bu borada tegishli qonun hujjati qabul qilinishi lozim.
Qonun hujjatida:
- tibbiyot xodimlari yo‘l qo‘ygan xatolar haqida jabrlangan shaxslarga ma’lumot berish, ularni hisobga olish va xatolarning oldini olish tizimini yaratish;
- har bir tibbiyot muassasasida bemorlarning shifokor kasbiy xatosidan xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha doimiy ekspert guruhlarini tashkil etish;
- xatosini o‘z vaqtida va ixtiyoriy tan olgan, yetkazilgan zararni qoplagan tibbiyot xodimini ayrim salbiy oqibatlardan ozod etish;
- tibbiyot xodimlarining xatosi oqibatida yetkazilgan zarar to‘g‘risida sog‘liqni saqlash organlariga xabar qilish, ularni ko‘rib chiqish va xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi;
- birlamchi tibbiy hujjatlarni, jumladan retseptni elektron shaklda to‘ldirishni (qo‘lyozma usulidan to‘liq voz kechgan holda) joriy etish va uni tegishli dorixonadagi ma’lumotlar bazasiga joylashtirishni ta’minlaydigan axborot tizimini bosqichma-bosqich amalga kiritish nazarda tutiladi.
Bu boradagi tegishli hujjat 30 mart kuniga qadar ishlab chiqilishi lozim.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar