21:17 / 11.02.2018
6 345

Olimlar erta o‘lib ketishdan asrovchi amallarni ma’lum qilishdi

Olimlar erta o‘lib ketishdan asrovchi amallarni ma’lum qilishdi
«Science Alert» ilmiy-ommabop jurnal mutaxassislarining ta’kidlashlaricha, erta, favqulodda o‘limning oldini olish uchun birinchi navbatda o‘rta yashar odamlar har kuni qon bosimini o‘lchatib turishlari kerak. Qon bosimining standart me’yori 130-80 bo‘lishi lozim.

Navbatdagi amal esa to‘laqonli dam olishdan iborat bo‘ladi. Dam olganda ham miya to‘liq o‘chirilishi shart. Yoki kursida gaplashmasdan, ko‘zlarni yumgan holda kuniga 15-20 daqiqadan o‘tirish zarur bo‘ladi. Bu amal qon bosimini me’yoriy holatga keltirib, stressdan asraydi.

Uchinchisi jismoniy mashqlar. O‘rta yoshdagilar har kuni aerobik mashqlarni amalga oshirishlari kerak. Bu mashg‘ulot qon aylanish tizimini yaxshilash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, gimnastika ham juda yaxshi foyda beradi.

Spirtli ichimliklar iste’moli butkul ratsiondan olib tashlanishi lozim. Qolaversa, qon bosimi oshmasligi uchun olimlar yog‘li, sho‘r, achchiq taomlarni tuzi kam va oqsilga boy mahsulotlar bilan almashtirishni maslahat berishadi. To‘g‘ri, inson qancha yashashi, qachon o‘lishi-yu, qachon tug‘ilishini yolg‘iz Olloh biladi. Ammo xudo biladi deb o‘tirmasdan, bandalarning o‘zi ham harakat qilishi zarur-da!

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar erta o‘lib ketishdan asrovchi amallarni ma’lum qilishdi