Joriy yil dekabr oyida O‘zbekistonda yangi interaktiv servis xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqda davlatimiz rahbarining 14 fevralda qabul qilingan “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida to‘xtalib o‘tildi.
Ya’ni sohada yangi axborot portali hamda mobil ilovalar yaratiladi. Ularning yordamida hamyurtlarimiz nafaqat zarur dori vositasi mavjud aptekani topishlari, balki uni real vaqt rejimida sotib olishlari mumkin. O‘z navbatida, zarur hollarda sotib olingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni tegishli dorixonalar tomonidan aholiga yetkazib berishni ta’minlash ham ko‘zda tutilayapti.
O‘z navbatida, aholi ushbu qulaylik yordamida aptekaning litsenziyasi mavjudligini ham aniqlab oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur loyiha ijrosiga mas’ul etib belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin