20:02 / 04.03.2018
14 375

Tarvuz – organizm uchun “eng foydali” ne’mat

Тарвуз – организм учун "энг фойдали" неъмат​
Har bir inson o‘z organizmini turli meva va sabzavotlarning sharbatlari yordamida tozalab turishi kerak. Lekin qanday sharbatni ko‘proq iste’mol qilish haqida fikrlar turlicha.

Jahonga mashhur “Marie Claire” jurnali mutaxasislari o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, turli-tuman mahsulotlar orasida tarvuz eng foydali ekanligi aniqlandi. Tadqiqotchilar tarvuzning quyidagi jihatlarini alohida ta’kidlab o‘tdilar:

1. Agar tarvuz kundalik ratsionga kiritilsa, vaznni samaraliroq nazorat qilish va teri ostidagi yog‘larni kamaytirish mumkin. Tarvuz organizmdan xolesterinni chiqarib tashlaydi. Demak, yurak kasalliklarning oldini olishda ham yordam beradi.

2. Meva sharbatlarini ko‘p miqdorda iste’mol qilish allergiyani qo‘zg‘atishi mumkin. Uzoq vaqt amal qilinadigan sharbatli parhez oshqozon bilan bog‘liq muammolarni, hatto diabetni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin tarvuz, umuman, allergiyani qo‘zg‘atmaydi, uni cheklanmagan miqdorda iste’mol qilish mumkin.

3. Magniy moddasi antidepressant hisoblanadi, u tarvuzda ko‘p miqdorda mavjud. Asablarni tinchlantirib, uyquni yo‘lga qo‘yish va diqqat-e’tiborni jamlash uchun kerakli gormonlarni ishlab chiqadi.

4. Tarvuz foliy kislotasiga boy bo‘lib, u hujayralarning bo‘linish jarayonida bevosita qatnashadi va oqsillarning ishlab chiqarilishini tartibga soladi. Shu bois tarvuz mushak massasi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

5. Tarvuz tarkibidagi L-sitrullin aminokislotasi mushaklardagi zo‘riqishni bartaraf etishda yordam beradi. Kuchli jismoniy harakat paytidagi og‘riq mushaklarda sut kislotasining to‘planishi tufayli paydo bo‘ladi. L-sitrullin uni oraganizmdan tezroq chiqib ketishiga ko‘maklashadi va og‘riqni yengillashtiradi hamda kishi uchun zarur bo‘lgan kuchni tiklash uchun zarur bo‘lgan vaqtni kamaytiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tarvuz – organizm uchun “eng foydali” ne’mat