Deyarli hamma uyda mavjud oddiy buyumlar xavfli bo‘lishi mumkin. Ularni tezroq aniqlab, salbiy ta’siridan vaqtida qutulish lozim.
Uyda ko‘p xo‘jalik buyumlari bir qarashda juda kerakli va qulaydek tuyulaveradi, shunga qaramay, ularning ayrimlarini foydalangandan ko‘ra, tashlab yuborganingiz foydaliroq.
Plastik konteynerlar
Mahsulotlarni plastik konteynerlarda saqlash qulay. Biroq plastmassa o‘zi sinuvchan bo‘ladi, shu sabab, ishlab chiqaruvchilar unga konteynerni mustahkam, ammo zaharliroq qiluvchi moddalarni qo‘shishadi. Agar markirovkasida “7”, “RS”, “PK”, “A”(VRA), “S”(BPS) kabi belgilar bo‘lsa, bunday konteynerni hech ikkilanmay tashlab yuboring. Bunday idish sog‘lig‘ingizga zarar keltirishi mumkin.
Plastik o‘rniga shisha konteynerlardan foydalaning, ular qimmat, ammo xavfsiz.
Havo tozalagich
O‘zingiz foydalanadigan havo tozalagichning yorlig‘iga e’tibor bering. Siz uning tarkibida benzol, propan, butan, natriy nitratini topasiz. Bu moddalarning hammasi inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularning xavfi shundaki, xushbo‘y spreylar bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi, shilliq qavatlarga ta’sir ko‘rsatishi, allergik reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. AQSHda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, sun’iy hid beruvchi moddalardan foydalanish hatto onkologik kasalliklarga ham olib kelishi mumkin.
Havo tozalagichlardan kam miqdorda foydalanilsa, ularning xavfi kamroq bo‘ladi, deb hisoblashadi. Ammo shunday bo‘lsa-da, efir yog‘lari, xushbo‘y shamlar, qahva donalari va havoni tozalovchi boshqa xavfsiz vositalardan foydalangan ma’qul.
Antibakterial sovun
Tozalikka rioya qilganingiz yaxshi, ammo antibakterial sovunni ahlatga tashlaganingiz ma’qul. So‘nggi tadqiqotlar bunday sovun tarkibidagi triklozan kimyoviy moddasining endokrin buzilishlarga sabab bo‘lishini ko‘rsatdi. U inson organizmiga teri orqali oson o‘tadi va antibiotiklarga chidamlilikni oshiradi. Bundan tashqari, triklozan saraton hujayralarining o‘sishini tezlashtirishga qodir. Yaxshisi, oddiy atir sovunni tanlang, u sog‘lig‘ingizga zarar yetkazmaydi va narxi ham arzon.
Ifloslangan filtrlar
Xonadoningizda konditsioner o‘rnatilgan bo‘lsa, undagi filtrni tez-tez almashtirib turing. Uning ichida chang va turli bakteriyalar yig‘iladi. Vaqt o‘tishi bilan konditsioner yaxshi ishlamaydi va xonadagi havoga mikroblar hamda iflos zarrachalarni chiqara boshlaydi.
Konditsionerni tozalash juda oson: ustki panelini yechib, filtrni oling, uni kran ostida yuving, quriting va qayta joyiga qo‘ying. Bu ishda ustalarga murojaat qilishingiz ham mumkin, ular kelib, filtrni tozalab, konditsionerni to‘liq tekshirishadi.
Ventilyatsion panjarada ham chang to‘planib, keyinchalik u uyga o‘tadi. Bu kattalarda ham, bolalarda ham allergiya hamda astmaga sabab bo‘lishi mumkin. Ikki haftada bir marta panjarani olib, changdan tozalab turing.
Vannaxonadagi gilamcha
Vannaxonadagi doimo nam bo‘lib turadigan mayin tukli yumshoq gilamcha bakteriyalarning ko‘payishi uchun yaxshi muhit hisoblanadi. Zararli mikroorganizmlar astmasi bor bemorlarning ahvoli yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun silikon gilamchalarni tanlang. Ulardan foydalanish qulay, tozalash uchun chayib, quritishning o‘zi kifoya.
Sintetik gilamchalarni ham tanlamang. Ular kuchli elektrlashadi va zaharli moddalarga ega bo‘lishi mumkin. Sintetik gilam o‘tkir hidga ega, shu sabab, uni yotoqxonaga to‘shashga shoshilmang. Bu uyqusizlik hamda allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin.
Aynigan mahsulotlar
Oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlab, muzlatgichni to‘ldirib qo‘yishni yoqtirasizmi? Mutaxassislar bunday qilmaslikni maslahat berishadi.. Oziq-ovqat bakteriyalari juda tez ko‘payadi, ba’zilari esa yonidagi mahsulotlarga ham o‘tib, ularni ham aynitadi. Natijada muzlatgichingiz bakteriyalar manbaiga aylanishi mumkin. Tashlab yuborishni istamasangiz, muzlatib qo‘ying!
Tez-tez almashtiramiz
Idish yuvadigan “bulutcha”larni tez-tez almashtirishga harakat qiling, chunki ular ham bakteriyalarning “o‘chog‘i” hisoblanadi. Plastik taxtakashlardan uzoq foydalanish noto‘g‘ri. Vaqt o‘tishi bilan ularda pichoq izlari paydo bo‘ladi, ularni yuvish qiyin. Bu mochalka va tish cho‘tkalariga ham taalluqli, ularni har ikki oyda yangisiga almashtiring.
DILOROM tayyorladi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?