08:32 / 18.03.2018
6 911

Spirtli ichimliklar ichishning "yangi xavfi" aniqlandi

Спиртли ичимликлар ичишнинг "янги хавфи" аниқланди
Spirtli ichimlik ichganlar o‘zlarining xatti-harakatlarini to‘liq nazorat qila olmaydilar, garchi ular aksincha o‘ylashsa-da. Buni AQShning San-Dingo shahridagi Kaliforniya shtati universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari tasdiqlaydi. Xulosalar «PLOS ONE» jurnalida nashr etildi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.

Olimlar tajriba uchun 18 nafar ko‘ngillini tanladilar. Ulardan ekran markazida paydo bo‘ladigan kvadrat rangini aniqlash, shu bilan birga, ekranning yon tomonlarida paydo bo‘ladigan ikkita kvadratga e’tibor bermaslik so‘raldi.

Tajriba shuni ko‘rsatdiki, spirtli ichimlik ichgandan keyin odamlar ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yib, yon tomondagi kvadratlarning rangini ko‘rsatishgan.

Maxsus asbob-uskunalar yordamida tadqiqotchilar miyadan kelgan impulslarni tahlil qildilar. Ma’lum bo‘lishicha, spirtli ichimliklarni ichgandan so‘ng ham inson miyasi vaziyatni to‘g‘ri idrok eta oladi. Lekin to‘g‘ri ishlash qobiliyati buziladi. Ya’ni, tajribadagilar markaziy kvadrat qanday rangdaligini anglashgan, ammo boshqa ranglar orasidan to‘g‘ri ko‘rsatib bera olishmagan.

Olimlarning aytishicha, inson miyasining bu xususiyati mast holatda mashina haydashda ayniqsa xavflidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Spirtli ichimliklar ichishning "yangi xavfi" aniqlandi