Vashingtondagi Salomatlikni o‘rganish va baholash instituti (AQSh) olimlari 25 yil davomida tadqiqot o‘tkazib, erkaklarning barvaqtroq hayotdan ko‘z yumishi sabablariga oydinlik kiritishdi. Mutaxassislar kuzatuvlar jarayonida erkaklarning bevaqt o‘limiga olib keluvchi 79 ta omilni hisoblab chiqishdi. Izlanishlar jarayonida ular orasidan erkaklar uchun halokatga eltuvchi o‘nta asosiy sababi saralab olindi.
Tadqiqotlar 1990 yildan 2013 yilga qadar o‘tkazilgandan so‘ng ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichi ish boshladi. Dunyoning 188ta mamlakatidan to‘plangan ma’lumotlar tahlili mazkur holat bo‘yicha aniqroq va ob’ektivroq manzarani hosil qildi.
Arterial qon bosimining ortishi erkaklarning barvaqt hayotdan ko‘z yumishiga eng asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gipertoniya ham erkaklar, ham ayollar salomatligi uchun og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi ma’lum bo‘ldi.
Erkaklarning boshqalarga nisbatan kamroq umr kechirishiga olib keluvchi keyingi muhim omil esa chekish va u keltirib chiqargan oqibatlar ekani ma’lum bo‘ldi. Semizlik esa erta o‘lim holatlarini keltirib chiqaruvchi uchinchi omil sifatida qayd etildi.
To‘rtinchi va beshinchi o‘rinda qandli diabet hamda tarkibida tuz miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlar iste’moli o‘rin egallagan. Alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida barvaqt o‘lim kuzatilishi oltinchi bo‘lib tilga olingan.
Reytingning yettinchi pog‘onasidan yetarli miqdorda vitamin va minerallar mavjud bo‘lmagan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiquvchi omil joy olgan. Sakkizinchi va to‘qqizinchi bo‘lib esa ekologik vaziyatning yomonlashuvi hamda atmosferaning ifloslanishi aytib o‘tilgan. Ro‘yxatni organizmda xolesterin miqdori ortishi yakunlab berdi.
Ayollar bo‘yicha esa barvaqt o‘limga olib keladigan omillar ro‘yxatini gipertoniya, semizlik va diabet boshlab bergan. Shuningdek, o‘ntalikdan chekish va alkogol mahsulotlari iste’moli ham o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi