
Angliya olimlarining navbatdagi yaratayotgan yangi dori vositasi kelajakda soch to‘kilishiga qarshi asqotishi mumkin. Olimlar izlanishlar davomida osteoporozga qarshi qo‘llanadigan dorini sal qayta ishlansa, soch to‘kilishidan xalos qilishi muqarrarligiga guvoh bo‘lishdi.
Aniqlandiki, bu dori vositasi komponentlaridan biri organizmdagi soch o‘sishini sekinlashtiruvchi yoki butunlay o‘sishdan to‘xtatuvchi oqsilga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, shuning yordamida soch o‘sish jarayonini tezlashtirib berarkan.
Hozirgi paytda olimlar xuddi shu dori vositasini qayta ishlash harakatiga tushishgan. Taxminlarga ko‘ra, kallikka qarshi yangi dori shu yil yozida klinik sinovlarga jalb etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar