22:07 / 21.09.2018
6 201

Grippning “nozik” tomoni topildi

Grippning “nozik” tomoni topildi
Britaniyalik olimlar gripp virusi qobigʻida strukturasi oxirgi 50 yil ichida oʻzgarmagan qismini topib, uni ushbu kasallikdan yana bir universal vaksina yaratish uchun qoʻllashdi.

“Bunday yondashuvni nafaqat grippdan, balki biz normal kurasha olmaydigan boshqa koʻplab kasalliklarga vaksina yaratish uchun qoʻllash mumkin. Ehtimol, yaqin orada vaksinalar yaratishda haqiqiy inqilob yuz berishi mumkin”, deb aytgan Oksford universiteti olimi Kreyg Tompson.

Olimlarning fikricha, virus oʻtmishda qanday evolyutsiya qilgani va uning qaysi qismlari eng kam oʻzgarganini tahlil qilish bilan sariq kasal va OIVdan vaksinalar yaratish mumkin.

Grippga qarshi kurash uning 3 ta koʻrinishi borligi sababli murakkablashadi, chunki kelgusida uning qaysi turi tarqalishini prognoz qilish qiyin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Grippning “nozik” tomoni topildi