Amerikalik olimlar kundalik vazn o‘lchash ozishga yordam berishini isbotlashdi.
Tadqiqotda mingdan ko‘proq odam ishtirok etgan. Olimlar bir yil davomida ko‘ngillilar qancha ko‘p marta vazn o‘lchashgani va ularning vazni o‘zgarishini qayd qilib borishgan.
Ishtirokchilar orasida muntazam ravishda vazn o‘lchaydigan va buni mustaqil qilmaydiganlar bo‘lgan. Vazn o‘lchashlar soniga ko‘ra sinaluvchilar bir necha guruhga bo‘lingan.
Aniqlanishicha, haftasiga bir marta vazn o‘lchaganlar yil davomida umuman ozmaganlar. Bu orada haftasiga vaznini 6-7 marta o‘lchaganlarda vazn kamaygani kuzatilgan. Vaholanki, olimlar tadqiqot davomida sinaluvchilarga ovqatlanish yoki mashq qilish bo‘yicha hech qanday tavsiyalar berishmagan.
Olimlarning fikricha, tadqiqot natijalari samaraliroq ozish uchun vaznni mustaqil nazorat qilish muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi