date
views 6 563

Fast-fudlar tushkunlikni yuzaga keltirishi aniqlandi

Fast-fudlar tushkunlikni yuzaga keltirishi aniqlandi
Britaniyaning Manchester universiteti olimlari fast-fudlarni ko‘p iste’mol qilish insonlarda tushkunlikning yuzaga kelish xavfi 40 foizga oshadi degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Mutaxassislar taom va tushkunlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish maqsadida 11 ta tadqiqot o‘tkazishdi. Aniqlanishicha, fast-fud va uglevod yog‘lari miqdori ko‘p bo‘lgan boshqa taomlarni iste’mol qiluvchilar boshqalarga nisbatan 1,4 barobar ko‘proq tushkunlikdan aziyat chekishgan.

Olimlarning fikricha, foydali ovqatlar ruhiy buzilishlarning yuzaga kelish ehtimolini pasaytiradi. Shuningdek, ular zararli ovqatlarni iste’mol qilish istagi tushkunlikning sababi emas, balki natijasi bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Fast-fudlar tushkunlikni yuzaga keltirishi aniqlandi