07:46 / 08.01.2019
11 842

Saratonga qarshi kurashishning yangi usuli kashf qilindi

Saratonga qarshi kurashishning yangi usuli kashf qilindi
Inson immun tizimi bir tomondan deyarli har qanday infeksion agentga qarshi kurasha oladi, boshqa tomondan esa immunitet ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfni "ko‘rmay qoladi". Saratonga kelganda ham taxminan shunday. Yaqinda AQSh va Isroil tadqiqotchilar guruhi immunitetni faollashtirishning yangi usulini kashf qildi. U viruslarni aniqlash imkonini beruvchi mexanizmga asoslangan. Faqat bu holatda hujayralar markirovkasi ro‘y beradi. Nature jurnalida ma’lum qilinishicha, yangi usul onkologiyani amaldagidan samaraliroq aniqlash va yo‘q qilishga imkon beradi.

Xalqaro tadqiqotchilar guruhiga Garvard tibbiyot maktabi professori Nik Xeyning va Isroilning Bar-Ilan Universiteti olimlari Erez Levanon va Ilano Buchumanskayalar boshchilik qilishmoqda. Ish davomida olimlar "viruslarni aniqlash uchun mas’ul" ba’zi immun mexanizmlariga bosim o‘tkazib, o‘pka saratoni va melanomaga qarshi samaraliroq kurashish mumkinligini aniqlashdi.

"Biz organizmdagi onkologiyaga moyil mexanizmlar bloklansa, immun tizimi ta’sirchanroq bo‘lishi va o‘z navbatida o‘simtalarga nisbatan yanada tajovuzkorroq bo‘lib qolishini aniqladik", - deyishmoqda olimlar.

Olimlar o‘simta hujayralaridagi ADAR1 RNK-tahrirlovchi fermenti funksiyasining yo‘qotilishi o‘simtalarni xavfsizlantirish va ularni davolashga ko‘proq moyillashtirish imkonini berishini aniqlashdi. Ha, bu organizmni qator viruslarga ta’sirchanroq qiladi, biroq buni virusga qarshi tadbirlar bilan kompensatsiyalash mumkin. Boz ustiga, ADAR1'ni o‘chirib qo‘ygandan keyin o‘simtalar davolashning barcha usullariga moyil bo‘ladi. Bundan tashqari, qator holatlarda blokada shuningdek terapiyaga nisbatan rezistentlik qayd etilgan o‘simtalarni davolashda ham yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Saratonga qarshi kurashishning yangi usuli kashf qilindi