14:46 / 31.01.2019
10 512

Mutaxassislar giyohvand moddalarga tobelikdan qutulish yo‘lini topishdi

Mutaxassislar giyohvand moddalarga tobelikdan qutulish yo‘lini topishdi
AQShda miyani giyohvand moddalarning salbiy ta’siridan himoyalovchi vaksina ishlab chiqildi. Bu loyiha bilan Kaliforniya Instituti xodimlari shug‘ullanishdi.

Giyohvand moddalar immunitet ilg‘ay olmaydigan kichik molekulalardan iborat bo‘ladi, shuning uchun organizm mazkur zararli moddalar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olmaydi, aksincha bunday preparatlarga tobe’likni rag‘batlantiradi.

Amerikalik olimlar immunitetni shakllantirishga qodir bo‘lmagan, lekin ba’zi oqsillar bilan reaksiyaga kirishadigan, tarkibida gaptenlar molekulasi bo‘lgan vaksinani kashf qilishdi. Gaptenlar giyohvand moddalarning paydo bo‘lishiga tezkor reaksiya bildiradi, bu esa tibbiyot uchun katta ahamiyatga ega, zero yaqinda qora bozorda kimyoviy moddalardan ishlangan kuchli toksinlar paydo bo‘ldi.

Sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar vaksinaning geroin ta’siriga qarshi sifatini tasdiqladi. Olimlar bundan keyin giyovandlar sonini qisqartirish va dozaning oshirib yuborilishining oldini olishni maqsad qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Mutaxassislar giyohvand moddalarga tobelikdan qutulish yo‘lini topishdi