Hammom-yuvinish, tozalanish, poklanish, yengillanish maskani. Shu bilan birga, hammom bir qancha ichki, tashqi kasalliklardan davolanish shifoxonasi ham hisoblanadi. Bel, oyoqlar, qo‘llar, kuraklar, bo‘yin kabi insonning tashqi a’zolari shuningdek, ichki a’zolardan: nafas yo‘llari, o‘pka, oshqozon, ichaklar, buyrak, jigar, taloq, qovuq kabilar davolanadi. Kimning qayeri og‘rishiga qarab, o‘sha a’zosini ko‘proq terlatishi lozim. Davolanishda asosan ko‘proq terlab suv almashinishini ta’minlab berish kerak.
Masalan, aytaylik buyrak shamollagan, shunda bo‘yrakni issiq marmar supaga qadab osmonga qarab yotib, iloji boricha ko‘proq terlash lozim. Oshqozon yoki ichaklar shamollaganda, yallig‘langanda ham shunday qilish kerak. Ba’zilar «yurak chidamaydi», deyishadi. Lekin ko‘p marotaba hammomga tushish jarayonida asta-sekin o‘tirish vaqtini ko‘paytirib borish bilan yurak moslashadi, hamda chiniqib davolanib boradi.
To‘g‘ri, bir ikki marta hammomga tushibgina kasallikdan xoli bo‘lish amri mahol, lekin qunt va ishonch, matonat va qanoat bilan davolanishni davom ettirish lozim. «Toma-toma ko‘l bo‘lur» deyiladi dono xalqimizda, shunda, albatta, ijobiy natija bo‘ladi. Qizig‘i shuki, bir a’zoni davolashni ko‘zlab qilingan mehnat tufayli bir qancha boshqa a’zolar ham davolanadi yoki ularning faoliyati yaxshilanadi, umumiy sog‘liq mustahkamlanadi.
Yaxshi terlash natijasida inson badanida bir qancha ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Yuzidagi ajinlarni yozadi, kamaytiradi, shaklini bo‘rttiradi, yuz rangini yaxshilaydi, pardoz uchun yuz tekisligi moslashadi. Hammomdan chiqayotib yuzni sovuq suvda yaxshilab yuvish lozim, shunda ajin paydo bo‘lmaydi. Umuman yuz tez-tez sovuq suvda yuvilsa, ajin bo‘lmaydi.
Hammomda yaxshi terlash ayol sochini egiluvchan, muloyim, yumshoq, silliq qiladi, soch rangining tovlanishi kuchayadi va har qanday o‘rimga, shaklga kirishga moyil bo‘ladi. Taraganda soch kam to‘kiladi, soch osti tomirlari mustahkamlanadi, rang qabul qilish osonlashadi.
Terlash natijasida ko‘zning ichki tomoni ham tozalanadi, shuning evaziga ko‘z qorachig‘i yana ham qorayadi, ko‘z oqi yana qam oqaradi, ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi.
Hammomda ayol badanidan g‘ubor chiqib ketishi evaziga et-teri muloyimlashadi, teri ostidagi mayda kon tomirchalarda qon oqimi ravonlashadi, natijada badan rangi atirgul rangiga kiradi. Faqat badan rangi chiroyli bo‘libgina qolmay, unda yoqimli, muloyim hid paydo bo‘ladi.
Hammomdan so‘ng, yotish oldidan qoshga, kipriklarga ozuqa tarzida qora qo‘chqorning eritilgan dumba yog‘idan yoki echkining ichki yog‘idan surkash lozim, shunda qosh, kipriklar qorayadi, zichlashadi va qariganda ham qosh, kipriklar oqarmaydi. Oqarib qolganlari ham qorayadi. Bu tadbir muntazam, ya’ni, har kuni yotish oldidan bajarilsa yaxshi. Ertalab sovunli suvda yuvmaslikka harakat qilish kerak. Yaxshisi sovunni hammomdagina ishlatish kerak. Avval terlab, so‘ng ishqalanib, so‘ngra sovunlashga o‘tish mumkin.
Xo‘sh, hammomda terlashni qanday tashkil qilish kerak?
Shunchaki hammomga kirildi, terlandi-yu chiqib kiyinishmi, yo‘q, albatta. Bu ish qam o‘ziga xos tartib va uslubga ega. Yaxshilab terlagandan so‘ng, kiyinadigan xonaga chiqib, ustingizga quruq choyshab o‘rab, termizda o‘zingiz bilan birga olib kelgan choyni yoki hammomchining choyini ichib, dam olib, nafasni rostlab o‘tirish lozim, hordig‘ingiz chiqsin, charchog‘ingiz ketsin. Ma’lum vaqt o‘tgach; o‘zingizni yaxshi, tetik his qilasiz. Endi yana terlash uchun ichkariga kirib ketishingiz kerak.
Ya’ni terlash uchun dam olib, ikki marta, qiziqib ketsangiz uch marta kiring. Shundagina haqiqiy terlash, dam olish, yuvinish va hammomga tushish bo‘ladi. Shunday qilinganda bir hafta, o‘n kun ichida yuzingiz tarang, gul rang bo‘ladi, o‘zingizni bardam sezasiz. Inson hayotida hammom, yuvinish, dam olish, hordiq chiqarish, poklanish, yasharish, qushdek yengillanish, bu xohlasingiz hafta yoki o‘n kunlikning bayrami bo‘ladi. Endi shu hafta yoki o‘n kun ichida hech qanday kasallik yoningizga kela olmaydi.
Sizlarga shifo bersin.
(Ilohiy tabobat turkumidan)
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari