6 900
Dorilarni tayyorlash va sotish tartibini nazorat qilishga doir hujjat loyihasi tayyorlandi
Foto: Sputnik
«Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, ulgurji va chakana realizatsiyasini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» hukumat qarori loyihasi tayyorlandi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Hujjat loyihasiga Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, ulgurji va chakana realizatsiyasini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.
Nazorat qonun hujjatlari bilan ushbu vakolatlar yuklatilgan nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan, tadbirkorlik sub’ektlarining farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, ulgurji va chakana realizatsiya qilishga qo‘yilgan talablarga rioya etishlarini,ushbu nizom hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Tekshiruv nazorat qiluvchi organlar tomonidan quyidagi asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi:
- jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari;
- xavfni tahlil etish tizimi natijalari, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan ma’lumotlar. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining anonim emasligi hamda tekshiruv o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirkorlik sub’ektning amalda faoliyat ko‘rsatayotganligi nazorat qiluvchi organ tomonidan dastlab o‘rganib chiqilishi lozim;
- qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarilayotganligi, tayyorlanayotganligi, saqlanayotganligi va realizatsiya qilinayotganligi haqidagi aniq asoslangan ma’lumotlar.
«Qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va realizatsiya qilishni oldini olish maqsadida, shunday mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi, tayyorlanayotganligi, saqlanayotganligi va realizatsiya qilinayotganligi haqidagi aniq asoslangan ma’lumotlar asosidagi tekshiruvlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi», — deyilgan hujjat loyihasida.
Nazorat qiluvchi organ tekshiruvni o‘tkazish kelishilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
Buyruqda tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat nomi, raqami va sanasi, nazorat qiluvchi organning tekshiruvda ishtirok etadigan mas’ul xodimlari tarkibi, tekshiriladigan tadbirkorlik sub’ektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, manzili, tekshiruv maqsadi, muddati va tekshiriladigan faoliyat davri ko‘rsatiladi hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.
Tekshiruv dasturi jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlarida ko‘rsatilgan holatlar, «xavfni tahlil etish» tizimi orqali aniqlangan qonunbuzilishlar, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan ma’lumotlar yoki qalbakilashtirilgan, dori vositalari va tibbiy buyumlar, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarilayotganligi, tayyorlanayotganligi, saqlanayotganligi va realizatsiya qilinayotganligi haqidagi aniq asoslangan ma’lumotlar doirasida tuzilishi va nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi