6 286
O‘zbekistonda nega aynan 9 yoshli qizlar VPChga qarshi emlanishi rejalashtirilmoqda?
2008 yildan buyon dunyoning 102ta mamlakatida qizlar o‘rtasida odam papillomasi virusi (VPCh)ga qarshi vaksina qilinadi. 15ga yaqin davlatda o‘g‘il bolalar ham emlanadi. Joriy yildan O‘zbekistonda ham voyaga yetmagan qizlarni aynan mazkur virusga qarshi bepul emlash jarayoni boshlanish arafasida. Bu haqda YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida OAV vakillari uchun «Odam papillomasi virusi (VPCh)ga qarshi vaksinani O‘zbekistonda tatbiq etishning boshlanishi» mavzuida o‘tkazilgan davra suhbatida ma’lum qilindi.
«VPCh virusining 300 mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, uning 16 va 18 tiplari juda xavflidir. Keng tarqalgan mazkur virus qator kasalliklarni hosil qilishi shubhasiz. Ayniqsa, balog‘at yoshidagi qizlarda kelgusida bachadon bo‘yni saratonini keltirishi mumkin. VPCh virusi odam organizmiga kirganida hech qanday asoratlari sezilmaydi, inson vujudida og‘riq kuzatilmaydi. Uning ta’sirida yuzaga kelgan kasallik jiddiylashgach esa organizmda kuchli o‘zgarish ro‘y berib, bemorning ahvoli og‘irlashadi.
Mazkur virusga qarshi olingan vaksina organizmga kirgan yot jism yoki virusni chiqarishda yordam beradi, organizm kuchini rivojlantiradi, antitanachalarni hosil qilib, ko‘paytiradi va saqlaydi. Vaksina olgan qizlar bo‘yi yetib, turmushga chiqqanidan so‘ng ularning badaniga yot jism yoxud VPCh virusi kirganida, organizm ularga qarshi kurasha oladi, yallig‘lanish holati uchramaydi, bachadon bo‘yni saratoni kuzatilmaydi», deydi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti dotsenti Jamila Rahmonova.
Tadbirda ta’kidlanishicha, VPChga qarshi emlanish ishlari respublika bo‘ylab ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, 21 oktyabrdan noyabrning oxirigacha davom etsa, ikkinchi bosqich 2020 yil aprelida o‘tkaziladi. Bu jarayonda mamlakatdagi jami 353 ming nafar 9 yoshdagi qizlar qamrab olinadi. Bachadon bo‘yni saratoni kasalligiga qarshi eng yuqori immunitet aynan shu yoshda bo‘lgani bois har yili avvalo, 9 yoshdagi qizlar emlanishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”