Foto: Getty Images
Olimlar ultrabinafsha nurlanishning teriga ta’sirida yoki D vitamini qabul qilinganda inson ichagidagi bakteriyalar tarkibi o‘zgarishini aniqlashdi. Mutaxassislarning fikricha, D vitamini organizmning himoyalovchi xususiyatlarini ancha yaxshilaydi. Bu haqda Frontiers in Microbiology nashrida ma’lum qilingan.
Mutaxassislarning eslatishicha, quyosh nurining ta’siri organizmda immunitetni oshiruvchi D vitamini ishlab chiqilishiga ko‘mak beradi. Shuningdek, bu vitamin qo‘shimchalar sifatida qabul qilinadi. Bu safar olimlar D vitamini ishlab chiqilishi va inson ichagi mikrobiomi tarkibi o‘rtasida bog‘lanish bor-yo‘qligini tekshirishga qaror qilishgan.
20 dan ko‘proq kishi ishtirok etgan tajriba qishda o‘tkazilgan. Ishtirokchilarning butun tanasi bir daqiqadan 3 marta ultrabinafsha nurlanishga uchratilgan. Natijada tajriba oxirida ishtirokchilarning organizmidagi bakteriyalar turfa xilligi ancha oshgan. Shu bilan birga bir qism ishtirokchilar D vitamini qabul qilgan. Ularda tajriba oxirida bakteriyalar tarkibi sezilarli o‘zgarmagan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, D vitamini yo‘g‘on ichak saratonidan himoyalovchi Lachnospiraceae oilasiga mansub bakteriyalar ko‘payishiga eng ko‘p ta’sir qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”