23:43 / 26.12.2019
5 077

Bosh prokuror zarurati yo‘q dorilarni ham buyuradigan «tadbirkor» shifokorlar haqida gapirdi

Bosh prokuror zarurati yo‘q dorilarni ham buyuradigan «tadbirkor» shifokorlar haqida gapirdi
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining 25 dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishida huquq-tartibot organlariga ayrim dorilarni buyurishi uchun tadbirkorlar shifokorlarga haq to‘layotganligi haqida ko‘plab ma’lumotlar kelib tushayotganini aytdi.

- Achchiq bo‘lsa ham yana bir haqiqatni aytib o‘tishimiz lozim. Shifokorlarimiz bemorlarga dori-darmon buyurishda, ixtisoslashgan tekshiruvlarga yuborishda xolis tavsiya berish o‘rniga, bu jarayonni tom ma’noda «biznes»ga aylantirib yuborganligi aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Misol uchun, «Ferveks», «Elevit», «Vitrum», «Azimak», «Aktovegin», «Flunol» kabi dorilarni buyurish uchun tadbirkorlar shifokorlarga haq to‘layotganligi haqida ko‘plab tezkor ma’lumotlar kelib tushmoqda.

Eng xavflisi, dori sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan mijoz yuborganligi uchun «ulush» olayotgan ayrim shifokorlarimiz zarurati bo‘lmagan dori vositalarini ham buyurmoqda. Bu borada vazirlik yoki soha mutasaddilari tomonidan biron-bir profilaktik ishlar olib borilmayotgani ham bor haqiqat.

Davolash ishlaridan maqsad — yurtimizni xorijda ishlab chiqarilgan, bo‘lar-bo‘lmas dori vositalari o‘tkaziladigan bozorga aylantirish emas, balki tom ma’noda aholi salomatligini asrash bo‘lishi kerak. Buni soha mutasaddilari qachon tushunib yetadi?!
, - deydi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bosh prokuror zarurati yo‘q dorilarni ham buyuradigan «tadbirkor» shifokorlar haqida gapirdi