17:44 / 18.01.2020
12 193

Neyron nima?

Neyron nima?
Nerv hujayralari neyron deb ataladi. Barcha a’zolar hujayralardan tashkil topgani kabi, nerv sistemasi ham hujayralardan iborat.
Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida 14 milliard hujayra, ya’ni neyron bor. Neyronlar har xil tuzilishga ega. Neyron tanasi kulrang, undan chiquvchi tolalar esa oq rangda bo‘ladi. Neyronning bitta uzun tolasiga akson deb aytiladi. Akson orqali neyron tanasidan impulslar boshqa neyronlarga va to‘qimalarga uzatiladi.

Neyrondagi boshqa bir qancha o‘siqchalar esa dendrit deyiladi. Dendritlar neyronga impulslar olib keluvchi tolalardir. Bosh miyaning po‘stloq qismi kulrang tusda bo‘ladi. Po‘stloqda insonning barcha faoliyatini boshqaruvchi markazlar joylashgan. Bular harakat, sezgi, nutq, ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish kabi markazlar. Ular analizator nomi bilan ham yuritiladi. Boshqa neyronlardan farqli o‘laroq, po‘stloq neyronlarining aqli bor!

Demoqchimanki, ular nafaqat harakat va sezgi, balki aqliy faoliyatda ham ishtirok etadi. Shuning uchun ham insonning bosh miyasi zararlansa, aqliy faoliyat ham buziladi. Orqa miya yoki periferik nervlar zararlansa, aqliy faoliyat o‘zgarmaydi.

"Asab va ruxiyat" ilmiy-tibbiy markaz direktori,
professor Zarifboy Ibodullayev

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Neyron nima?