Zanjabilning dunyodagi ko‘pchilik xalqlar o‘rtasida ma’lumu-mashhurligi uning shifobaxsh xossalari bilan bog‘liq, bu esa, uning kasalliklarning oldini olish va ularni davolashda universal tabiiy vositaligidandir.
Uning kimyoviy tarkibida 400 ga yaqin foydali elementlar mavjud. Ushbu ildiz o‘z tarkibida juda kerakli bo‘lgan aminokislotalar, uglevodlar, oz miqdorda yog‘, ko‘p miqdorda sellyulozani saqlaydi. Zanjabil vitaminlarga juda boy (V-guruh vitaminlari, askorbin kilotasi, tokoferol, vitamin K ni alohida ta’kidlash kerak). U o‘zining tarkibida kaliy, fosfor, magniy, temir, kalsiy, rux va shu kabi boshqa mikro va makroelementlarni, efir moyini saqlaydi.
Bu o‘simlik ildizining kaloriyaliligi uning qay holatda ekanligiga bog‘liq 100 g barra ildizning energetik qiymati 80 kkal ga teng, quritilgan holatda esa bu ko‘rsatkichi deyarli 4 marta oshadi (taxminan 330 kkal/100 g ni tashkil qiladi). Zanjabilning shifobaxsh xususiyatlari keyingi bir necha o‘n yilliklarda zamonaviy mutaxassislar tomonidan faol o‘rganilmoqda. Tarkibida biriktiruvchi moddalar va gingerol mavjudligi unga o‘ziga xos yoqimli hid berib turadi, qator foydali xossalarga egaligi ham shundan kelib chiqadi.
Zanjabilli choy ichilganida undagi zanjabil va dolchin birikmasi jigarni himoyalab, tozalab turadi, buning natijasida u tozalanib, yengil tortadi va o‘z vazifasini faol bajarishga o‘tadi.
O‘t pufagini sog‘lomlashtiradi
Agar o‘t pufagingizda tosh paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu choydan muntazam ichib yuring, bu nafaqat jigaringizni himoyalashda yordam qiladi, balki shu bilan bir qatorda o‘t pufagingizni ham sog‘lomlashtiradi.
Organizmni ichdan qizdiradi
Bunday qaynoq choy ichilganida qizdiradi va sovuqdan himoya qiladi, shuning uchun uni sovuq va nam havoli kunlarda ichish ayniqsa yoqimli.
Zanjabil organizmni qizdiruvchi ta’sirga ega, ortiqcha kaloriyaga ega bo‘lgan keraksiz energiyani chiqarib yuboradi, tanada me’yordagi haroratni saqlashga yordam beradi.
Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Ovqat hazm qilishda muammosi bo‘lgan kishilar oshqozon-ichak yo‘llari faoliyatini yaxshilash maqsadida bu choydan ichishlari mumkin.
Bu choy badanni yaxshigina qizdiradi, ichki a’zolardagi shamollashlarni oladi, qorin dam bo‘lishidan hamda yeldan xalos etadi.
Immun tizimini mustahkamlaydi
Zanjabil ayniqsa kaliy, fosfor va vitamin S ga boy, bu moddalar immunitetni mustahkamlashda, grip va shamollash viruslariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi