Ko‘pchilik bilmaydi: buyraklarga zarar beruvchi 4 odat

Salomatlik1 daqiqa o'qish186
Ko‘pchilik bilmaydi: buyraklarga zarar beruvchi 4 odat
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Inson organizmida muhim vazifa bajaruvchi buyraklarga kundalik turmushdagi zararsiz ko'rinadigan ayrim odatlar salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
  • Xususan, tana vaznining har bir kilogrammiga belgilangan 0,8–1 gramm oqsil me'yorining ikki-uch barobar oshishi surunkali buyrak kasalliklari xavfini kuchaytiradi.
  • Shuningdek, zarchava, S vitamini va kalsiyning yuqori dozalarini qabul qilish buyrakda tosh hosil bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin.

Buyraklar organizmdagi eng muhim a’zolardan biri hisoblanadi. Ammo ko‘pchilik zararli deb hisoblamaydigan ayrim «foydali» odatlar ham ular faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Haddan tashqari ko‘p oqsil iste’mol qilish

Stolda baliq, sut, tuxum, non va mevalar kabi turli oziq-ovqat mahsulotlari turibdi.

Oqsil organizm uchun juda muhim bo‘lsa-da, uni ortiqcha iste’mol qilish buyraklarga qo‘shimcha yuklama beradi. Urolog Devid Shustermanning ta’kidlashicha, kuniga tana vaznining har bir kilogrammiga 0,8–1 gramm oqsil yetarli hisoblanadi. Bu me’yorning ikki-uch barobar oshishi esa surunkali buyrak kasalliklari xavfini kuchaytiradi.

Tavsiya: oqsil iste’molini nazorat qiling va zarurat bo‘lsa, o‘simlik oqsillariga ko‘proq e’tibor qarating.

Biologik faol qo‘shimchalarni nazoratsiz qabul qilish

Kaftda turli rangdagi dori tabletkalari va fonda bir stakan suv.

Zarchava, S vitamini va kalsiyning yuqori dozalari buyrakda tosh hosil bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. D vitamini esa ayrim dori vositalari bilan mos kelmasligi ehtimoli bor.

Tavsiya: har qanday qo‘shimchani qabul qilishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashing.

Detoks-choylarga ortiqcha ishonish

Yashil smuzi, olma, avokado va urug‘lardan yozilgan "Detox" so‘zi oq fonda turibdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, detoks-choylarning foydasini tasdiqlaydigan ilmiy dalillar yo‘q. Aksincha, ular organizmning suvsizlanishiga va buyraklarga ortiqcha zo‘riqish tushishiga olib kelishi mumkin.

Tavsiya: qo‘shimcha detoksikatsiyaga ehtiyoj yo‘q. Yetarli uyqu, jismoniy faollik va to‘g‘ri ovqatlanishning o‘zi yetarli.

Haddan tashqari ko‘p suv ichish

Kimdir plastik idishdan shisha stakanga suv quymoqda.

Suv organizm uchun muhim, ammo uning ham me’yoridan ortig‘i zarar keltirishi mumkin. Buyraklar bir soatda taxminan 0,8–1 litr suvni qayta ishlay oladi. Bu me’yordan ortiqcha suv ichish ularga ortiqcha yuklama beradi.

Tavsiya: chanqaganingizdagina suv iching va organizm ehtiyojiga quloq tuting.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?