16:30 / 21.01.2022
870

Kun bo‘yi bir joyda o‘tirganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Kun bo‘yi bir joyda o‘tirganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Foto: Getty Images
Ba’zan ishdagi hisobotlar va boshqa shoshilinch ishlar odamlarning ertalabdan kechgacha, kun bo‘yi oyoq chigilini yozmasdan, noto‘g‘ri holda o‘tirishga majbur qiladi. Bu jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lishi mumkinmi?

Ortiqcha vazn va surunkali stress
Tinchgina bir joyda o‘tirishning nima yomon tomoni bor? Ma’lum bo‘lishicha, inson uzoq vaqt harakatsiz bo‘lsa, tana faol ravishda kortizol ishlab chiqara boshlaydi.

Bir joyda doimiy o‘tirish stress gormonining yuqori darajasi tufayli ortiqcha tez vazn to‘planishiga va semirishga olib kelishi mumkin.

Umurtqa pog‘onasining erta qarishi
Ha, jismoniy harakatsizlik umurtqa pog‘onasining erta qarishi uchun mas’ul omillardan biridir. O‘tirganimizda asosiy yuk tos suyagi va orqa miya ustiga tushadi, natijada intervertebral disklarda kuchli bosim yuzaga keladi.

Bundan tashqari, biz ko‘pincha noto‘g‘ri holatda ekanligimizni sezmaymiz: bir vaqtning o‘zida egilib, bir yelkani yoki ikkalasini ham ko‘taramiz... Bunday holatlarda orqa mushaklar ishlashni to‘xtatadi, pozitsiya zarur yordamni yo‘qotadi. O‘rnimizdan turganimizda ham egilish odatiy holga aylanadi.

Shuni esda tutish kerakki, umurtqa pog‘onasi tana tirgagi hisoblanadi. U barcha ichki organlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ish stulida o‘tirganingizda iloji boricha holatni tez-tez o‘zgartirib turing, yaxshisi, yurgan ma’qul.

Bo‘yindagi doimiy zo‘riqishlar
Ko‘pchiligimiz ish joyda bir noqulay holatda o‘tiramiz: yelkalar ko‘tariladi va bosh oldinga suriladi. Bu holatda bo‘yin mushaklari qisiladi va ortiqcha zo‘riqish paydo bo‘ladi. Bu esa umurtqa pog‘onasi qisilishiga olib kelishi mumkin.

Bir joyda uzoq vaqt o‘tirish umurtqa arteriyalarda harakatsizlikka, miyaning qon ta’minoti yomonlashishiga olib keladi.

Mushaklar asta-sekin zaiflashadi
Bu gipodinamiyaga olib keladi. Qorinning yon mushaklari, shuningdek, tos sohasi birinchi bo‘lib aktivligini yo‘qotadi. Natijada bo‘shashgan mushaklar umurtqa pog‘onasini yaxshi ushlolmaydi.

Qandli diabet rivojlanish ehtimoli
Qandli diabet va gipodinamiya o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor? Gap shundaki, ishlamaydigan mushaklar ishlaydiganlarga qaraganda kamroq insulin sarf qiladi, oshqozon osti bezi esa faoliyatini to‘xtatmaydi. Shunday qilib, diabetga moyillik kuchayadi.

Yurak-qon tomir kasalliklari xavfi
Yurak ham mushak ekanligini unutmang. Jismoniy harakatsizlik yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishi uchun xavfli omildir. Bu yerda ham zanjirli reaksiya boshlanadi: passiv turmush tarzi tufayli mushaklar zaiflashishi, qon yetkazib berishning yomonlashishi va tomirlar tonusining pasayishiga olib keladi.

Varikoz tomirlari kengayishi xavfi
Bir joyda o‘tirish bilan oyoqlarda qon aylanishining yomonligidan aziyat chekamiz. Bundan tashqari, ko‘pchiligimiz bir oyog‘imiz bilan o‘tiramiz. Bu holatda tizza ostidagi vena qisiladi va qon ma’lum joylarda turib qoladi.

Xavotir va depressiyaga moyillik
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaydigan odamlar depressiya va xavotirga ko‘proq moyil ekanligini bilasizmi? Oxirgi ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, harakatsiz turmush tarzini olib boradigan odamlarda ijobiylik va baxt gormonlari — endorfin va serotonin keskin kamayib ketadi.

Uyqu bilan bog‘liq muammo
Uyqusizlik, yomon va uzuq-yuluq uyqu, dahshatli tushlar... Bular ham harakatsiz turmush tarzining natijasidir. Kun davomida bir joyda o‘tirib charchagan tanangiz kechqurun to‘liq dam olish va tinchlanishga kuch topolmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kun bo‘yi bir joyda o‘tirganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?