Foto: Pinterest
Quritilgan mevalar eng ko‘p bahslarga sabab bo‘layotgan mahsulotlardan biridir. Nafaqat iste’molchilar, balki diyetologlar mazkur mahsulotlar foydalimi yoki yo‘qmi, hali ham o‘zaro kelisha olmaydi. Kimdir bu iste’mol qilish uchun eng foydali variant deb da’vo qiladi va kimdir ratsionga quritilgan mevalarning kiritilishiga mutlaqo qarshi. Quyida quritilgan mevalarning ijobiy va salbiy tomonlari haqida ma’lumot berilgan.
Afzalliklari:
Quritilgan mevalar juda to‘yimli. Quritish jarayonida mevalar tarkibidagi barcha suvni yo‘qotadi va ozuqa moddalarining aksariyati saqlanib qoladi. 100 gramm mahsulotning kaloriya miqdori ham sezilarli darajada oshadi, bu oz miqdordagi mevadan yetarlicha kaloriya olish imkonini beradi.
Ozuqaviy moddalarning yuqoriligi. Quritilgan mevalar vitamin, minerallar, makro va mikroelementlar omboridir. Olxo‘ri va xurmo tarkibida qarish jarayonini sekinlashtiradigan va, umuman, organizmga foydali ta’sir ko‘rsatadigan kuchli antioksidantlar mavjud. Bundan tashqari, ko‘p miqdorda A, B1, K vitaminlari, kaliy, magniy va kletchatka mavjud.
100 foiz tabiiy. Quritilgan mevalarda haqiqatan ham ko‘p miqdorda shakar bor, lekin boshqa shirinliklardan farqli o‘laroq, u mutlaqo tabiiydir. Agar haqiqatan ham shirinlikni xush ko‘radiganlar bo‘lsa, bir bo‘lak tortdan ko‘ra xurmo yoki bir nechta o‘rik iste’mol qilgani ma’qul.
Quritilgan mevalar ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Yuqori kletchatkali tarkib ichak faoliyatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni tasdiqladiki, quritilgan mevalarni kuniga minimal iste’mol qilish ham ovqat hazm qilishni normallashtirishga va ichak faoliyati bilan bog‘liq muammolardan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Kamchiliklari:
Shakar va kaloriya miqdori yuqori. Yuqorida aytib o‘tilganidek, quritilgan mevalar shakar va kaloriya konsentratidir. Shu sababli ularni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish vazn ortishidan tortib qandli diabet yoki yurak-qon tomir kasalliklarigacha olib kelishi mumkin.
Sulfitlar. Quritilgan mevalardan yorqin va sillig‘ini yoki jigarrang va chiriganini tanlash kerakmi? Ehtimol, birinchi tanlov foydasiz bo‘lishi mumkin. Buning uchun mevalar quritiladi va suvini yo‘qotib, unchalik ishtahali bo‘lmagan ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar esa mevalarni sulfitlarni o‘z ichiga olgan maxsus kimyoviy birikmalar bilan yaxshilashga qaror qildi, bu esa ularga mukammal ko‘rinish beradi. Ammo sulfitlar sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun quritilgan mevalarni tanlashda ularning yorqin ko‘rinishiga e’tibor qaratmaslik kerak.
Mog‘or. Quritilgan mevalar saqlanadigan joy juda nam bo‘lsa, ularning yuzasida darhol mog‘or paydo bo‘ladi. Albatta, buning qo‘rqinchli joyi yo‘q, sog‘liq uchun xavf tug‘dirmaydi. Yaxshilab yuvib, mog‘orni ketkazish mumkin, ammo uni iste’mol qilish unchalik ham yoqimli emas. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas