16:08 / 28.01.2022
1 244

Baliq yog‘i qanday kasalliklardan himoya qiladi?

Baliq yog‘i qanday kasalliklardan himoya qiladi?
Nutritsiolog Yekaterina Mixaylenko baliq yog‘ini muntazam iste’mol qilishning foydali jihatlari haqida RIA Novostiga so‘zlab berdi.
Uning aytishicha, baliq yog‘i A va D vitaminlari, shuningdek, Omega-3 to‘yingan kislotalariga boy.

A vitamini teri yoshligini saqlashda, immunitetni mustahkamlashda va ko‘zlar salomatligida juda zarur. D vitaminining yetishmasligi suyaklarda kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida osteoporoz, ya’ni skeletning barcha suyaklarini zararlantiruvchi tizimli kasallik kelib chiqish xavfini ko‘paytiradi”.

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, foydali va shifobaxsh baliq yog‘lari seld, paltus, skumbriya, losos, tunes va treska kabi baliqlarda ko‘p.
Treska balig‘i jigaridan olingan yog‘da A va D vitaminlari ikki barobar ko‘p. Bu yog‘da, shuningdek, kaliy, magniy, fosfor bor. Biroq yuqori kaloriyaligi tufayli treska jigarini me’yorda iste’mol qilish zarur”, deydi nutritsiolog.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Baliq yog‘i qanday kasalliklardan himoya qiladi?