Foto: Pinterest
Diyetolog Irina Pisareva qo‘shimchalar bilan boyitilgan paketli choylarning xavfliligi haqida ma’lum qildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar tomonidan rezavor va mevalarning tabiiy qismlari o‘rniga bo‘yoqlar qo‘shiladi. «Asosan, bu choylar turli xil ta’mga ega. Ko‘pincha odamlar ichganidan so‘ng allergiyaga duch keladi», – deydi ovqatlanish mutaxassisi.
Mutaxassis paketlarga solingan choyni bo‘yalgan xushbo‘y suv bilan taqqosladi, ya’ni bu ichimlikda foydali mikroelementlar umuman yo‘q. Quyida ozuqaviy moddalarga boy uchta choy tavsiya etiladi. An’anaga ko‘ra, ko‘k choy eng foydalisi hisoblanadi, ammo boshqa alternativalar ham mavjud:
Assam
Ushbu nav hind choyi bo‘lib, kofeinning teri holatini yomonlashishi kabi salbiy ta’siridan qochib, qahva o‘rnini bosa oladi.
Roybush
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi: bu turdagi choy metabolizmni tezlashtiradi va yog‘ hujayralarining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi.
Gibiskus
Olimlar kuniga uch stakan gibiskus barglaridan tayyorlangan choy ichishni maslahat beradi – bu qon bosimini me’yorga keltiradi, shuningdek, yurak infarkt va insult xavfini kamaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot