Foto: Harper’s Bazaar
Yuqori qon bosimi past qon bosimiga qaraganda ancha keng tarqalgan. Va bu juda mantiqiy: gipertoniya infarkt, qon tomirlari, buyrak yetishmovchiligi va boshqa jiddiy kasalliklar xavfini sezilarli darajada oshiradigan patologik holat sifatida tasniflanadi.
Gipotoniya (surunkali past qon bosimi) faqat organizmning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, undagi noqulaylik, agar kerak bo‘lsa, ovqatlanish yordamida osongina tuzatilishi mumkin. Quyida past qon bosimida nimalar iste’mol qilish keraklini bilib oling.
Barcha past qon bosimi egalari biladigan eng keng tarqalgan maslahat ko‘proq qahva ichishdir. Kofein haqiqatan ham bosimni oshirishga yordam beradi. Biroq bu yerda ikkita narsani yodda tutish kerak. Birinchidan, agar kofein qon bosimini oshirishga yordam beradigan bo‘lsa ham mutanosiblik hissi haqida unutmaslik kerak. Kofeinning ortiqcha miqdori organizm uchun juda ko‘p noxush oqibatlarga olib keladi, shuning uchun kuniga 2 stakandan ko‘p ichmaslik kerak. Ikkinchidan, kofein organizmni o‘ziga o‘rgatib qo‘yadi. Shunday qilib, ushbu ichimlikka o‘rganib qolmaslik kerak, aks holda u ta’sir qilishni to‘xtatadi.
Qon bosimi past bemorlarning ratsioni uchun muhim bo‘lgan mahsulotlar orasida shifokorlar yog‘li baliqlarni alohida tavsiya qiladi. Haftada kamida 3 marta iste’mol qilish lozim. Bu nafaqat qon bosimini oshiradi, balki butun organizmni mustahkamlaydi: mushak va suyaklardan miya va yurakkacha. O‘z ichiga kraxmalni olgan ovqatlar ham tavsiyalar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Shifokorlar bemorlarga kuniga 500 gramm meva va 500 gramm sabzavot iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Ushbu maslahat oddiy bo‘lib tuyular, ammo bu organizmdagi holatni normallashtirishga yordam beradi. Yana bir ajoyib vosita bu qora shokolad, lekin u bilan ehtiyot bo‘lish va kuniga 30 grammdan ortiq iste’mol qilmaslik kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”