Foto: Grazia
Tunda nimadir iste’mol qilishni yoqtiradigan insonlar avval muzlatkichda qanday mahsulotlar bo‘lishi kerakligini, albatta, bilib olishi zarur.
Har bir insonda tungi odatlar mavjud. Ayrim insonlarda uyquga ketish vaqtida taom iste’mol qilish istagi uyg‘onadi. Ammo qomatga zarar bermaslik uchun nima tanovul qilish kerak? Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hatto kechasi ham iste’mol qilinadigan bir qator xavfsiz mahsulotlar mavjud.
Tuxum
Tuxum ajoyib tanlov. Ular ko‘p kaloriyani o‘z ichiga olmaydi va shuningdek, oqsilning ajoyib manbaidir. Bundan tashqari, tuxumda uyqu sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘lgan triptofan mavjud.
Yogurt
Yogurt ham vazn uchun xavfsiz mahsulotdir. U uyquni yaxshilaydigan va ochlikni kamaytiradigan probiyotiklar va oqsillarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, yogurt qonda shakar darajasini barqarorlashtiradi. Qolaversa, ushbu mahsulot organizm uchun muhim mineral bo‘lgan kalsiyga boy.
Gilos
100 gramm gilos faqat 50 kkalni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, melatonin (uyqu gormoni) ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, gilos yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega va yurak-qon tomir tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.
Asal
Asal kechalari yeyiladigan eng yaxshi mahsulotlardan biridir. U tanadagi melatonin ishlab chiqarishni ko‘paytirishga va qonda shakar darajasiga foydali ta’sir ko‘rsatishga qodir.
Banan
Banan nafaqat mazali, balki inson uyqusiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan triptofan, kaliy va magniyga boy. Bundan tashqari, sitrus meva vitamin va antioksidantlarni o‘z ichiga oladi.
Yong‘oq
Yong‘oqlarda mavjud bo‘lgan melatonin sog‘lom uyqu rejimini qo‘llab-quvvatlaydi. Ularda magniy ham mavjud. Bu mineral asab tizimini tinchlantiradi va stressni kamaytiradi. Eng yaxshi tungi yegulik – pista va yong‘oq. Asosiysi, juda ko‘p iste’mol qilmaslik, chunki yong‘oq yuqori kaloriyali mahsulotdir. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”