Foto: Pacient club
Oshqozon osti bezi saratoni o‘smalarning eng ko‘p uchraydigan turlaridan biridir. Bemorlarning 85 foizidan ortig‘i tashxis qo‘yilgandan keyin bir yil ichida vafot etadi.
Oshqozon osti bezi saratonini dastlabki bosqichlarda tashxislash juda qiyin. Ko‘pincha, bemorlarga dahshatli kasallikning tashxisi qo‘yilganda, o‘simta allaqachon ildiz otib ulgurgan bo‘ladi va uni davolash juda qiyin.
Jahon statistik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu kasallik bosqichidan qat’i nazar, tashxis qo‘yilgandan keyingi birinchi yilda bemorlarning atigi 25 foizi tirik qoladi. Shu bilan birga, 6 foizidan ko‘p bo‘lmagani 5 yil yashaydi, ammo agar saraton dastlabki bosqichlarda aniqlansa va operatsiya o‘tkazilsa, bu ko‘rsatkich 22 foizgacha ko‘tariladi.
Apple asoschisi Stiv Jobs, aktrisa Lyubov Orlova, Luchano Pavarotti, aktyorlar Patrik Sueyzi va Oleg Yankovskiy oshqozon osti bezi saratonidan vafot etgan.
O‘simta qancha erta aniqlansa, bemorning operatsiyadam muvaffaqiyatli chiqish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. Ammo Yevropada o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik oshqozon osti bezi saratonining bir dona ham alomatini ayta olmaydi.
Ogohlantiruvchi belgilar:
- bel orqasi yoki qorindagi og‘riq – bu dastlab paydo bo‘lishi va yo‘qolib ketishi mumkin, lekin yotganda va ovqatdan keyin kuchayadi.
- kutilmagan vazn yo‘qotish.
- sariqlik. Eng aniq belgi – teri va ko‘z oqlarining sarg‘ayishi. Bundan tashqari, peshob quyuq sariq yoki to‘q sariq rangga aylanishi mumkin.
Oshqozon osti bezi saratoni quyidagi alomatlar bilan birga kuzatilishi mumkin:
- ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
- ichakdagi noqulaylik;
- titroq va isitma;
- ovqat hazm qilishning buzilishi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi o‘simtaning majburiy kuzatiladigan belgisi emas. Ammo bu holat tez-tez sodir bo‘lsa, shifokor ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”