Foto: «Sechenov.ru»
Buyuk Britaniyaning Bristol universiteti olimlari yurak yetishmovchiligi tufayli shikastlangan yurak-qon tomirlarini tiklash yo‘lini topdi. Bu haqda ta’lim muassasasi saytida ma’lum qilingan.
Yurak shikastlanishi qanday shakllanishini tushunish uchun ular 1-toifa va 2-toifa diabetga chalingan sichqonlar ustida tadqiqot o‘tkazdilar. Mutaxassislar qon tomirlaridagi jelga o‘xshash qatlam bo‘lgan glikokaliksni o‘rganishdi. Ma’lum bo‘lishicha, yurakning mayda qon tomirlarida bu tuzilma birinchi navbatda turli kasalliklarda zarar ko‘radi.
Xususan, tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu zarar yurak devorlarida suyuqlik harakatining kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu shish paydo bo‘lishiga va yurak mushaklarining kuchayishiga olib keladi. Natijada, yurak urishlar orasida to‘g‘ri bo‘shashmaydi va qonni tanaga hayday olmaydi.
Glikokaliks funksiyasini tiklash uchun olimlar diabetik kemiruvchilarga angiopoiyetin-1 deb nomlanuvchi moddani berishdi. 3 soatdan keyin ular bu qatlam qalinlashganini aniqladilar. Ultratovush tekshiruvlari shuni ko‘rsatdiki, sichqonlarning yurak urishlari orasida bo‘shashish qobiliyati ham yaxshilangan.
Britaniyalik mutaxassislarning fikricha, bu kashfiyot qandli diabet bilan og‘rigan ayrim odamlarda qon bosimi yoki yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lmay, yurak yetishmovchiligi rivojlanishi sabablarini tushunishga yordam beradi. Olimlarning ta’kidlashicha, odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar diabetik yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun yangi davolash usullarini ishlab chiqishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”