Foto: «Domashniy ochag»
Saraton — bu xavfli kasallik bo‘lib, uni davolash muvaffaqiyati deyarli 100 foiz kasallikning aniqlanish vaqtiga bog‘liq. Ma’lum bo‘lgan o‘smalarning aksariyati kasallikning dastlabki bosqichlarida aniqlansa, davolanishi mumkin. Ammo muammo shundaki, ularning ko‘pchiligi signal bermasdan yoki o‘zlarini xavfsizroq kasalliklarning alomatlari sifatida yashirin tarzda rivojlanadi. Ushbu alomatlarga e’tibor berish kerak: ular juda xavfli kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin, ular uzoq vaqt davomida kuzatilsa, shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Doimiy yo‘tal yoki ovozning xirillashi
Aksariyat hollarda yo‘talning saraton kasalligiga aloqasi yo‘q. Ammo ovozning xirillashi bilan birga bo‘lgan doimiy yo‘tal o‘pka yoki halqum saratonining boshlanishini ko‘rsatishi mumkin. Xavf yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun shifokorga murojaat qilish va ko‘krak qafasi flyuorografiya yoki MPT tekshiruvidan o‘tish lozim.
Ichak funksiyasining o‘zgarishi
Agar ichaklarda diskomfort sezilsa, bu ichakning normal harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan qandaydir kasallikning belgisi bo‘lishi mumkin. Shifokorga murojaat qilish va agar kerak bo‘lsa, ichaklar bilan hamma narsa yaxshi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun kolonoskopiya tavsiya etiladi. Va, albatta, ko‘proq yangi sabzavot, mevalarni qizil go‘shtni esa kamroq iste’mol qilish kerak. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha to‘g‘ri ichakda o‘smalarning rivojlanishiga noto‘g‘ri ovqatlanish sabab bo‘ladi.
Qovuq sohasidagi o‘zgarishlar
Hech qachon e’tiborga olinmaydigan birinchi va eng muhim alomat – bu peshobda qonning ko‘rinishi. Bu siydik yo‘llari infeksiyasining alomati bo‘lishi mumkin, shuningdek, ushbu holat buyrak saratoni haqida ham ogohlantirishi mumkin.
Doimiy tushunarsiz og‘riq
Qattiq yoki doimiy og‘riq o‘z-o‘zidan saraton kasalligini ko‘rsatishi shart emas, lekin har holda, bu shifokorga imkon qadar tezroq murojaat qilish uchun sababdir. Agar doimo biror-bir sohada og‘riq kuzatilsa, hatto u juda kuchli bo‘lmasa-da va kundalik hayotga xalaqit bermasa ham, shifokor bilan maslahatlashishni unutmaslik zarur.
Qon ketishi
Sababsiz qon ketishi shifokor ko‘rigidan darhol o‘tish uchun yetarlidir. Ko‘pincha bachadon bo‘yni yoki tuxumdon saratoni o‘zini shu tarzda namoyon qiladi. To‘g‘ri ichakdan qon ketishi ichakdagi o‘smaning belgisi bo‘lishi mumkin.
Sababsiz ozib ketish
Agar hech qanday kuch sarflamaganda ham vazn kamayayotgan bo‘lsa, xursand bo‘lishga shoshilmang – ko‘pincha bu organizmdagi biror-bir buzilishning alomatidir. Afsuski, ko‘pincha bu rivojlanayotgan o‘smani ko‘rsatishi mumkin. Albatta, shifokorga murojaat qilish lozim.
Yutinish bilan bog‘liq qiyinchiliklar
Ushbu alomat halqum, qizilo‘ngach yoki qalqonsimon bezdagi o‘smadan ogohlantirishi mumkin. Qanday bo‘lmasin, agar tomoqda shish paydo bo‘lsa, shifokor bilan darhol maslahatlashish zarur. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”