12:03 / 19.03.2022
2 585

Yurak uchun eng foydali ichimlik

Yurak uchun eng foydali ichimlik
Kakao iste’mol qilish qon tomirlar faoliyatini yaxshilaydi va stresslar oqibatida yurakka yetkaziladigan zararli omillar ta’sirini kamaytiradi.

Muntazam ravishda kakao iste’mol qilish yurak uchun foydali: ichimlikning xususiyatlari stressli holatlarda organni himoya qilishga yordam beradi. Birmingem universiteti olimlari bunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot Nutrients jurnalida e’lon qilindi.

Mutaxassislar dukkaklilar tarkibidagi flavonoidlar - benzo-gamma-pirondan olingan tabiiy kislorod tarkibidagi geterosiklik birikmalar guruhi - ruhiy stress paytida qon tomirlarining ishlashiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladilar.

"Flavonoidlarga boy kakao iste’mol qilish stressdan keyin endoteliya funksiyasining vaqtinchalik buzilishini kamaytirish va stressli epizodlar paytida qon oqimini yaxshilashning samarali usuli bo‘lishi mumkin", deyilgan tadqiqotda.

Olimlar kakaoni kundalik ratsionga kiritishni tavsiya qildilar, shuningdek flavonoidlar boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida: yashil choy, malina, gilos, maymunjon (yejevika) va uzum tarkibida ham bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yurak uchun eng foydali ichimlik