Sabzavot va mevalar ratsionga kiritilishi kerak, ammo ularni to‘g‘ri iste’mol qilish lozim. Masalan, bananlarda juda ko‘p foydali moddalar mavjud, ammo diyetologlar ularni ko‘p iste’mol qilishni maslahat bermaydi.
Mutaxassisning ma’lum qilishicha, bu mevalarda inson organizmi uchun zarur bo‘lgan kaliy, magniy va B vitaminlari mavjud. Lekin banan tarkibida kraxmal va shakar ham ko‘p bo‘lib, u, albatta, kaloriya beradi.
Shifokorning ta’kidlashicha, odamlar bu mevani nafaqat ajoyib foydalari, balki, birinchi navbatda, o‘ziga xos ta’mi uchun yaxshi ko‘radi. Shu munosabat bilan banan o‘rnini bosadigan mevani topish juda qiyin. Biroq foydali moddalar tarkibiga ko‘ra, u, masalan, qovoq, turshak va quritilgan mevalardan kam emas, banan ham ko‘p miqdorda kaliyni o‘z ichiga oladi. Magniy yetishmovchiligi urug‘, yong‘oq, yashil sabzavotlar bilan to‘ldirilishi mumkin. B vitamini butun don tarkibida mavjud. Ya’ni mutaxassisning xulosasiga ko‘ra, foydali moddalar bilan to‘yinganlik jihatidan bananlarning o‘rini bosa oladigan mahsulotlar mavjud.
Ma’lum bo‘lishicha, banandagi mashhur bo‘lgan serotonin gormonini ham sut mahsulotlari yoki donlardan olish mumkin. Shuningdek, banan tarkibidagi o‘simlik oqsili — zavqlanish gormonining asosiy sababchisi bo‘lib, uni qora shokolad yoki kakao olish tavsya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”