Bahor quyoshi terini kuydirmaydi, biroq uning tarkibidagi ultrabinafsha har qanday sharoitda terining erta qarishiga, pigmentlar va teri saratoni kasalligiga chalinishga olib kelishi mumkin. Bu haqida RIA Novosti mutaxassis fikriga tayanib ma’lum qildi.
“Ko‘pchilik bahor quyoshini xavfsiz deb o‘ylaydi, shu sababli himoyalanish uchun hech qanday choralar ko‘rmaydi. To‘g‘ri, quyosh hozir yozda bo‘lgani kabi faol emas, biroq ultrabinafsha nurlarining organizm va teriga yashirin zararlari haqida unutmaslik lozim. Ultrabinafsha nuri qanday miqdorda bo‘lmasin, baribir zararli. Terini qaritadi, pigmentlar paydo qiladi, hatto teri saratoniga ham olib kelishi mumkin” ,- deydi shifokor – dermatovenerolog, Lyudmila Anoxina.
Mutaxassisning aytishicha, bahor boshlanishidan to kuz o‘rtalarigacha quyoshdan himoya qiluvchi vositalardan foydalanish zarur. Masalan 0 dan 50 gacha SPF darajasi bo‘lgan kremlar. Teri qancha oq bo‘lsa, krem himoya darajasi shuncha yuqori bo‘lishi kerak.
Kremni terining barcha ochiq joylariga ko‘chaga chiqishdan 30 daqiqa oldin surtish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari