Pishloq juda foydali mahsulot, biroq uni har kuni tanovul qilish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Sputnik radiosi bu haqida mutaxassisning fikrini ma’lum qildi.
Shifokor-parhezshunos, tibbiyot fanlari nomzodi Andrey Bobrovskiyning aytishicha, pishloq har kuni iste’mol qilinadigan mahsulot emas. Ko‘p miqdorda u ateroskleroz (yirik qon tomirlarining zararlanishi bilan bog‘liq surunkali kasallik), yuqori qon bosimi va boshqa yurak qon-tomir kasalliklarining paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin.
“Ushbu sut mahsulotini har kuni iste’mol qilib bo‘lmaydi. Chunki u yuqori kaloriyali va tarkibida zararli yog‘lar va xolesterin bor”, - deydi shifokor. Ba’zi pishloq turida tuz ko‘p.
“Kunda 100-150 gramm pishloq salomatlik uchun zararli emas. Mahsulot- oqsil, aminokislotalarga boy. Pishloq oqsilining hazm bo‘lishi yaxshi. Bu modda tufayli immunitet mustahkamlanadi, organizm barcha a’zolarining to‘g‘ri ishlashini rag‘batlantiradi. Chunki oqsil tanamizning asosiy qurilish materiali”, - deydi parhezshunos. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”