10:33 / 26.04.2022
1 229

Insultning beshta oshkora belgilari ma’lum bo‘ldi

Insultning beshta oshkora belgilari ma’lum bo‘ldi
Germaniya Kardiologiya fondi FOCUS Online nashriga tez sodir bo‘ladigan insultning beshta belgisini ma’lum qildi.

Odatda bu kasallikning belgilari insult bo‘lishidan bir hafta yoki bir necha kun oldin bildirishi mumkin. Fond mutaxassislari quyidagi simptomlarga e’tibor qaratishni tavsiya qilgan:

1. Tananing bir tomoni falajlanishi (masalan qo‘l yoki oyoq);
2. Yuz mushaklarining harakatlanishida muammolar (og‘iz chizig‘ining og‘ib ketishi yoki tabassum qilishga qiynalish);
3. Nutq bilan muammolar (to‘satdan noaniq yoki mujmal gapirish, so‘zlarni tanlashda va gap tuzishda qiynalish);
4. Qattiq bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi;
5. Ko‘rish qobiliyatining hatto ko‘zlar ko‘rmay qolguncha buzilishi.

Bunday belgilar kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish zarur. Yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar qon bosimini muntazam tekshirib turish orqali insultning oldini olishi mumkin.

Alomatlarni erta aniqlash insult xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Insultning beshta oshkora belgilari ma’lum bo‘ldi