Toshkentda 7 iyul kuni havo harorati +37 darajagacha ko‘tariladi

Toshkentda 7 iyul kuni havo harorati +37 darajagacha ko‘tariladi
Toshkentda 7 iyul kuni havo harorati +37 darajagacha ko‘tariladi

7 iyul, yakshanba kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 7 iyul kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +20…+25 daraja iliq, Toshkent shahrida +35…+37 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo harorati +38 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar