date

Oliy Majlis Senati mahalliy Kengashlar vakolatlarini kengaytirdi

Oliy Majlis Senati mahalliy Kengashlar vakolatlarini kengaytirdi

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Yangi O‘zbekistonda xalq hokimiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish hamda davlat boshqaruvida mahalliy vakillik organlarining rolini oshirish islohotlarning ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Bu haqda Uzdaily.uz xabar beradi.

Yangi qonun bilan mahalliy Kengashlar faoliyatini tizimli tashkil etish va ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirish ko‘zda tutilgan. Xususan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida Kengash raisi o‘rinbosari instituti joriy etilmoqda. Ushbu lavozim egasi Kengash kotibiyatiga rahbarlik qiladi va apparatning mahalliy ijro hokimiyatidan mustaqil bo‘lishini ta’minlaydi.

Shuningdek, mahalliy Kengashlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash maqsadida Kengash Rayosati tashkil etilmoqda. Rayosat tarkibiga Kengash raisi, uning o‘rinbosari, doimiy komissiyalar raislari va siyosiy partiyalar guruhlari rahbarlari kiritiladi. Bu organ sessiyalar oralig‘idagi ishlarni samarali muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi.

Yana bir muhim yangilik – “Kengash soati” institutining joriy etilishidir. Endilikda deputatlar mahalliy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarini eshitish hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan tezkor javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Senat a’zolari ushbu qonun mahalliy hokimiyat tizimida demokratik muvozanatni ta’minlashda muhim huquqiy asos bo‘lishini ta’kidlab, hujjatni ma’qulladilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oliy Majlis Senati mahalliy Kengashlar vakolatlarini kengaytirdi